Bayram kunlari elektr va gaz bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelsa aholi tarmoqdan uzilmaydi

© UnsplashNoviy god, illyustrativnoe foto
Noviy god, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Energetika vazirligi bayram kunlari iste’molchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berilishi uchun zarur choralar ko‘rdi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Bayram kunlari elektr va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun iste’molchilar tarmoqdan uzilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bayram kunlari iste’molchilarga yoqilg‘i-energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berilishi uchun zarur choralar ko‘rildi.
Birinchi navbatda, neft-gaz va ko‘mirni qazib chiqarish, elektr energiyasi hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha korxonalarda maxsus shtablar tashkil etildi.
Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar va markazlar barqaror ishlashini ta’minlash uchun kuniga o‘rtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratildi.
Hududlardagi barcha ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotini uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Bayram kunlari iste’molchilarga quyidagilar yetkazib beriladi:
tabiiy gaz kuniga o‘rtacha 155 mln kub metr;
suyultirilgan gaz 2 ming tonna;
avtobenzin 5000 tonna;
ko‘mir 5000 tonna;
elektr energiyasi.
“Qayd etish kerak, bayram kunlarida aholi iste’molchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan ajratilmaydi”, deyiladi xabarda.
Iste’molchilar ushbu resurslar uchun bayram kunlari ham onlayn ravishda to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0