O‘zbekistonda Qur’oni Karimning nodir qo‘lozmalaridan iborat kolleksiya shakllantirildi

© Pixabay / İbrahim Mücahit Yıldız Koran, illyustrativnoe foto
Koran, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga yil boshidan beri aholi va shaxsiy kolleksiyalardan jami 1611 ta manba qabul qilingan.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Islom sivilizatsiyasi markazi fondida Qur’oni Karimning 28 ta nodir qo‘lozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yil Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qo‘lozma va 985 ta toshbosma asarlar, jami 1611 ta manba qabul qilingan.
Yil boshidan buyon ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan 11 ta yozma manba tarjima qilinib, chop etishga tayyorlangan. Qur’oni Karim bo‘limi ekspozitsiyasi uchun Qur’oni Karimning 28 ta nodir qo‘lozmasidan iborat kolleksiya shakllantirilgan.
Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, qo‘lozmalar, arxiv hujjatlari, Turkiya Respublikasi olimlari qo‘lozmalar kolleksiyasining ma’lumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSh Kongressi kutubxonasidan 558 ta ko‘lozma va foto-hujjatlar, “TurkTAV” fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misrning “Al-Azhar” majmuasidan Alisher Navoiyga oid 5 dona, Kamoliddin Behzodga oid 6 dona elektron manbalar olingan.
Yangiliklar lentasi
0