Toshkent yerusti metrosi o‘z ishini ikki soat kech boshlaydi

© O‘zbekiston temir yo‘llari Metropoliten
Metropoliten - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
“Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida yangi metro bekatlarida ta’mirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig‘ida bajariladi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. “Yer usti halqa yo‘li” metro yo‘nalishi o‘z faoliyatini 2 soatga qisqartirdi. Bu haqda Metropoliten xabar berdi.
“Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bog‘liq qurilish, ta’mirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oralig‘ida bajarilishi rejalashtirilgan.

Shu munosobat bilan “Yer usti halqa yo‘li” metro yo‘nalishida belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas, balki, soat 07:10 dan poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda mavjud metro yo‘nalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avval Toshkent metrosi tongi soat 05:00 dan tungi soat 00:00 ga qadar o‘z faoliyatini olib borgan. 16-dekabrdan mazkur yo‘nalishdagi poyezdlar tungi soat 23:00ga qadar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan.
Yangiliklar lentasi
0