Hindistonda “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqaruvchi kompaniyaga qarshi surishtiruv boshlandi

© unsplash.com/Towfiqu barbhuiyaMeditsinskiy sirop.
Meditsinskiy sirop. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining etilenglikol zaharli modda mavjudligini ko‘rsatgan.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Hindiston hukumati “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqargan “Marion Biotech” farmatsevtika kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshladi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Kompaniya rasmiy vakili Hasan Harris hukumat surishtiruv o‘tkazayotgan va uning yakuniga ko‘ra zaruriy choralar ko‘rishini ma’lum qilgan.
“Marion Biotech” hozir “Dok-1 MAKS” siropini ishlab chiqarishni to‘xtatgan.
“Economic Times” nashrining yozishicha, O‘zbekiston hukumatidan bu dori oqibatidan vafot etgan bolalar haqida hisobot so‘ralgan.
O‘zbekiston rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Dok-1 MAKS” siropini iste’mol qilish oqibatida 19 bola vafot etgan.
SSV ishchi guruhi olib borgan dastlabki laborator o‘rganishlar “Dok-1 Maks” siropining tarkibida etilenglikol mavjudligini ko‘rsatgan. Bu modda zaharli bo‘lib, taxminan 1-2 ml/kg 95 foiz konsentrlangan eritmasi bemor salomatligida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Dori savdosi esa to‘xtatilgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev Samarqandda “Dok-1 Maks”ni qabul qilgach vafot etgan bolalarning ota-onasiga hamdardlik bildirib, ishga aloqador barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u mazkur ma’lumot viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan vazirlikdan yashirilganini aytdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi "Dok-1 Maks" bilan bog‘liq holat bo‘yicha “Quramax medical” va “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0