To‘raqo‘rg‘on IESda quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda

© Turakurganskaya TES Na Turakurganskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya elektrostansiya moshnostyu 1 MVt
Na Turakurganskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya elektrostansiya moshnostyu 1 MVt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Muqobil quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida (IES) 1,2 g bo‘sh turgan yer maydonida 1060 kVt bo‘lgan 1482 ta quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha loyihalar ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Loyihaga ko‘ra, stansiyada 6 ta 200 litrli suv isitgichlar, 70 ta quyosh panelli yoritgichlar, 110 ta sensorli datchiklar o‘rnatiladi.
“Respublikadagi elektr stansiyalar tizimida ilk bor To‘raqo‘rg‘on IESda atmosferaga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni tahlil qiluvchi onlayn avtomat tizimi yaratilmoqda. Hududdagi tutash quvurlarda esa ekopostlar ham o‘rnatilgan. Ushbu uskunalar havoni ifloslanishdan saqlaydi va kislorod almashinuvida eko tozalik qatlami yaralishida muhim o‘rin tutadi”, - dedi “Issiqlik elektr stansiyasi” AJ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abdullayeva.
Maydonda quyosh panellari to‘liq o‘rnatilgach, yiliga 18 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning evaziga yiliga 3,8 mlrd so‘m mablag‘ tejaladi.
Ma’lumot uchun, 2023-2024 yillar mobaynida 15 gektar maydonda umumiy quvvati 10,2 mVtga teng bo‘lgan fotoelektrstansiyasi quriladi. Hozirda To‘raqo‘rg‘on IES loyihalarni ishlab chiqilmoqda.
Qurilayotgan AES qariyb 3 mlrd. metr kub gazni tejaydi - Malginov
Yangiliklar lentasi
0