Yangi yil bayrami kunlari poytaxtda avtobuslar uzluksiz harakatlanadi

© “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatiavtobus
avtobus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda 31-dekabr kuni avtobuslar soat 24:00 gacha harakatlanadi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami kuni Toshkentning markaziy qismlari orqali harakatlanuvchi barcha avtobus yo‘nalishlarining harakati uzluksiz ravishda tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxtda avtobuslar soat 24:00 gacha harakatlanadi.
2023 yilgi avtobuslar harakati:
2023 yil 1-yanvar yakshanba - yakshanba kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida;
2023 yil 2-yanvar, dushanba - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
2023 yil 3-yanvar, seshanba – 7-yanvar shanba kunidan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2023 yil 7-yanvar, shanba – 3-yanvar seshanba kuniga ko‘chirilgan ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Ma’lumot uchun, poytaxtda kuniga 1 million 300 ming yo‘lovchi jamoat transportidan foydalanmoqda. Hozirgi kunda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0