Talabalar uchun tashkil etilgan avtobus yo‘nalishi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
Obuna bo‘lish
Avtobuslar harakati 144-sonli "Toshkent "Indeks talabalar yotoqxonasi- 5-metro bekati" avtobus yo‘nalishidan foydalanayotgan yo‘lovchilar soni keskin kamayib ketishi sababli to‘xtatildi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Talabalarning qishki ta’tilga chiqqanliklari sababli, "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasidan harakatlanuvchi avtobus faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Toshshahartransxizmat xabar berdi.
Qayd etilishicha, 144-sonli "Toshkent "Indeks talabalar yotoqxonasi- 5-metro bekati" avtobus yo‘nalishidan foydalanayotgan yo‘lovchilar sonining keskin kamayib ketishi kuzatildi.

Shu munosabat bilan, 2023-yilning 10-yanvariga qadar mazkur yo‘nalishda avtobus harakatlanmaydi.

Hozirda 144-sonli avtobus yo‘nalishiga parallel ravishda 143-sonli "Index savdo majmuasi-Bobur maydoni" avtobus yo‘nalishi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida talabalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Tashkent Indeks" talabalar yotoqxonasidan o‘quv manzillariga yetib olishlari hamda turar joylariga qaytib kelishlari uchun maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilgan edi. Ushbu noodatiy yotoqxonada talabalar uxlashi, dars qilishi, ovqat pishirishi va kir yuvishi uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0