"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlanmoqda

© Sputnik . Zafar XalilovPrazdnichniy konsert v parke "Yangi Uzbekiston"
Prazdnichniy konsert v parke Yangi Uzbekiston - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Bog‘da o‘tkaziladigan konsert dasturlari soat 20:00 dan boshlanadi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Bugundan Yangi O‘zbekiston bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlanadi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bog‘ hududida 1-yanvardan 8-yanvarga qadar aholini turli qiziqarli tomoshalar kutmoqda.

“Eng shijoatli ishtirokchilar uchun, turli teatr tomoshalar, konsertlar va Qorbobodan sovg‘alar tayyorlab qo‘yilgan”, - deyiladi xabarda.

Yanvar oyidagi dastur mehmon san’atkorlari:
1 yanvar - Rayhon
2 yanvar - Imron
3 yanvar - Yorqinxo‘ja Umarov
4 yanvar - Doston Ergashev
Konsert dasturlari soat 20:00dan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi teatr, konsert zallari, ko‘ngilochar maskanlar bolalar va ularning ota onalari uchun unutilmas tomoshalar tayyorlab qo‘ygan. Yangi yil archa bayramlariga bag‘ishlangan sayillar bir qator tumanlarda joylashgan ko‘ngil ochar maskanlarda 5-yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Sayillarda ishtirok etish bepul.
Yangiliklar lentasi
0