Uch viloyat elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin - vazirlik

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRemont linii elektroperedach
Remont linii elektroperedach  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2023
Obuna bo‘lish
maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Navoiy, Jizzax va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi.

Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilayotgan kuchli shamol natijasida elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelmoqda. Buning natijasida Jizzax viloyatining Forish, Zafarobod va Sh.Rashidov, Navoiy viloyatining Nurota, Tomdi va Uchquduq tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat, Buloqboshi va Asaka tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida ushbu tumanlarning ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda va tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Soat 15:19da Enregetika vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Andijon viloyatidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan va viloyat hududlarining elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.
Yangiliklar lentasi
0