O‘zbekistonliklar Rossiya OTMlarida bepul o‘qish uchun 20-fevralgacha hujjat topshirishi mumkin

© Sputnik / Aleksey MayshevPriyemnaya komissiya
Priyemnaya komissiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyada bakalavriat, magistratura, ordinatura va aspirantura yo‘nalishlarida o‘qish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun arizalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus konsultatsiya tashkil etiladi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekiston va boshqa davlatlar abituriyentlart 20-fevralgacha Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida bepul ta’lim olish uchun hujjat topshirishlari mumkin. Arizalar Education in Russia (“Rossiyada ta’lim”) platformasida onlayn tarzda topshiriladi.
Rossiyada bakalavriat, magistratura, ordinatura va aspirantura yo‘nalishlarida o‘qish istagida bo‘lgan o‘zbekistonliklarga yordam berish maqsadida Toshkentdagi Rus uyi arizalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha maxsus konsultatsiya tashkil etadi, deb xabar bermoqda “Rossotrudnichestvo” agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi.
Maslahatlashuv 5-yanvar kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish istagi bo‘lganlar Rus uyi sahifasi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va tadbirga shaxsini tasdiqlovchi hujjat olib kelishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0