O‘zbekiston eng ko‘p atirni Rossiyadan import qildi

© Sputnik / Sergey PatakovParfum
Parfum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda atir importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 86,6 tonnaga kamaygan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 11 oy mobaynida eng ko‘p atirni Rossiyadan import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, bugungi kunda mamlakat 23 ta davlatdan atir import qilmoqda. O‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 8,3 mln dollarga teng bo‘lgan 663,3 tonna atir import qilingan.
Atir importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 86,6 tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston eng ko‘p atir import qilgan davlatlar:
Rossiya – 374 tonna;
Polsha – 152,4 tonna;
Turkiya – 50 tonna;
Fransiya – 13,7 tonna;
Belarus – 13,6 tonna.
Ma’lumot uchun, mamlakatga kirib kelayotgan jismoniy shaxslar atir va atirsimon suyuqliklarni 3 donagacha olib kirishlar mumkin.
Yangiliklar lentasi
0