Yoshlar turizmi: o‘quvchilar qayerlarga sayyohat qilishmoqda - foto

© Turizm va madaniy meros vazirligi Yoshlar turizmi haftaligi
Yoshlar turizmi haftaligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” start oldi va festival doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Yoshlar turizmi haftaligi doirasida mingdan ziyod o‘quvchilar diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” start oldi va festival doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil etilmoqda.
© Turizm va madaniy meros vazirligi Yoshlar turizmi haftaligi
Yoshlar turizmi haftaligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Yoshlar turizmi haftaligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan o‘quvchi yoshlar o‘z hududlaridagi, Toshkent shahrining 400 nafar o‘quvchi yoshlari esa Samarqand viloyatidagi ziyoratgoh va qadamjolar, tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda.
© Turizm va madaniy meros vazirligi Yoshlar turizmi haftaligi
Yoshlar turizmi haftaligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Yoshlar turizmi haftaligi
Surxondaryoda o‘quvchilar quyidagi maskanlarga sayohat qilishdi:
Viloyat tarixi va madaniyati muzeyi;
Termiz arxeologiya muzeyi;
Termiz hayvonot bog‘i;
"Al-Hakim at-Termiziy" va “Sulton Saodat” majmualari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa o‘quvchilar Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
© Turizm va madaniy meros vazirligi Yoshlar turizmi haftaligi
Yoshlar turizmi haftaligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Yoshlar turizmi haftaligi
Buxoroda 500 nafarga yaqin o‘quvchilar qadimiy Ark qo‘rg‘oni va boshqa obyektlar, shuningdek, eski shaharning ertaknamo ko‘chalari bo‘ylab sayohat qilishdi.
Toshkent shahar yoshlari esa ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun Samarqandga yo‘l olishdi.
© Turizm va madaniy meros vazirligi Yoshlar turizmi haftaligi
Yoshlar turizmi haftaligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Yoshlar turizmi haftaligi
Qayd etilishicha, sayohat uchun birinchi navbatda “Temir daftar", “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari va nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar, respublika, viloyat, tuman va shahar fan olimpiadalarida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar saralab olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat davomida temir yo‘l va aviaparvozlar uchun chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0