MDH mamlakatlari o‘yinlarida uch mingga yaqin sportchi ishtirok etadi

© Sportni rivojlantirish vazirligi MDH davlatlari o‘yinlari
MDH davlatlari o‘yinlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Belarusda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi MDH davlatlari o‘yinlarida uch mingga yaqin sportchi ishtirok etadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
MDHga a’zo davlatlar vakillari Hamdo‘stlik mamlakatlari ikkinchi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi yig‘ilishida musobaqa nizomini tasdiqlashdi.
Unga ko‘ra, MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, MDH o‘yinlarda 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mo‘g‘uliston, Xitoy, Kuba, Eron, O‘mon, Saudiya Arabistoni delegatsiyalarining ayrim sport turlarida ishtirok etish masalalari ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi MDH o‘yinlari 2021-yilning 4–11 sentabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqada MDHning 9 davlati – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston terma jamoalaridan 1000 nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan. Ishtirokchilar sportning 16 turi bo‘yicha 181 ta medal jamlanmasi uchun o‘zaro bellashishgan.
O‘zbekiston sport delegatsiyasi 23 ta oltin, 32 ta kumush, 35 ta bronza, jami 90 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Yangiliklar lentasi
0