O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambar-Ota GES-1 qurilishi bo‘yicha hujjatni imzoladi

© MinenergoV Andijane stroitsya noviy mikro GES
V Andijane stroitsya noviy mikro GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hujjatni imzolashdan oldin vazirlar bo‘lajak stansiya barcha tomonlar uchun qanchalik foydali bo‘lishi haqida gaplashgan.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qambar-Ota GES-1 qurilishi bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Bugun Bishkekda uch mamlakat energetika vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hujjatni imzolashdan oldin vazirlar bo‘lajak stansiya barcha tomonlar uchun qanchalik foydali bo‘lishi haqida gaplashgan.
“Toshkent va Ostona avvalroq loyihaga qiziqish bildirgan edi. Bugun qo‘shni davlatlar vazirlari qo‘shma korxona tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilishdi”, deyiladi xabarda.
Qozog‘iston energetika vazirligi ushbu stansiya Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashi va mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtirishini ma’lum qildi.
Qirg‘iziston energetika vazirining so‘zlariga ko‘ra, GES qurilishi Bishkekka elektr taqchilligi muammosini hal qilish va hatto uni eksport qilish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston rasmiylarining Qambar-Ota GES-1 dan umidi katta. Uning quvvati 1860 megavatt bo‘lishi kutilmoqda, shuningdek, yiliga 5 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0