Farhod Mahmudov “Xiva langari” tarixiy dramasida bosh rolda suratga tushmoqda – foto

© Agentstva kinematografiiXiva langari
Xiva langari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
Pahlavon Mahmud haqida “Xiva langari” tarixiy filmini suratga olish ishlari Xivada bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov Xorazmda suratga olinayotgan “Xiva langari” tarixiy dramasida bosh rolda suratga tushmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Xiva langari” filmi Pahlavon Mahmud haqida bo‘lib, filmning tasvirga olish ishlari Xorazmda bo‘lib o‘tmoqda.
© Agentstva kinematografiiXiva langari
Xiva langari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Xiva langari
Badiiy filmda Xorazm vohasining o‘ziga xos qadimiy urf-odatlari bilan birga o‘sha davrga xos milliy liboslar, qurol-aslahalar bazasi aks ettiriladi.
Pahlavon Mahmud hayotini ifodalash orqali ming asrlardan buyon o‘z tarixini saqlab qola olgan ko‘hna Xiva bilan bog‘liq qadimiy obidalar, yurt bag‘rida yetishib chiqqan faylasuflar ijodi haqida hikoya qilinadi.
Postanovkachi rejissor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov, postanovkachi operator Habibulla Hasanov, rassom Nig‘mat Jo‘rayev.
Rejissor kinokartinaning ayrim sahnalarini Hindistonda suratga oladi va hindistonlik kinorejissor Umesh Mehra bilan hamkorlik qiladi.
Ma’lumot uchun, o‘zbek kinematografiyasida Farhod Mahmudov rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron”, “Baron 2.Sog‘inch”, Jahongir Qosimovning “Ibrat” filmlarida bosh rollarni ijro etgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida mazkur filmning Xivadagi Ichan qal’a majmuasining Kunya-ark saroyida Pahlavon Mahmud o‘z otasidan po‘stindo‘zlik va telpakdo‘zlik hunarini o‘rganishi jarayoni tasvirga olingan edi.
© Agentstva kinematografii
Xiva langari - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Agentstva kinematografii
Xiva langari - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Agentstva kinematografii
Xiva langari - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Yangiliklar lentasi
0