Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari yangicha usulda tayyorlanadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishMarafon
Marafon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
Hukumat Respublika olimpiya va paralimpiya zaxiralari markazidagi o‘quvchilar sonini qisqartirmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston hukumati o‘quv markazlari faoliyatining, shuningdek, o‘quvchilarni Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv markazlariga qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibini ishlab chiqdi.
O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasining tavsiyasiga ko‘ra, olimpiya va paralimpiya markazlarining Olimpiya va Paralimpiya kollejlari paralimpiya bo‘limlariga umumiy o‘quvchi-sportchilar soniga nisbatan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan o‘quvchi-sportchilar uchun 10 foizgacha qo‘shimcha kvotalar belgilanadi.
2022/2023 o‘quv yilida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining o‘quvchi-sportchilari soni 750 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining o‘quvchi-sportchilari soni 600 nafarni tashkil etadi.
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining o‘quvchi-sportchilari soni 600 nafarni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi olimpiya va paralimpiya markazlarining o‘quvchi-sportchilari soni 450 nafarni tashkil etadi.
Olimpiya va paralimpiya markazlarida o‘quvchi-sportchilar kontengenti va ular xodimlarini qisqartirish natijasida bo‘shab qoladigan budjet mablag‘lari ushbu markazlar sportchilarini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va trenerlarni rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Markazga qabul kvotalari har bir sport turining xususiyatidan (vazn toifasi, sportchilar soni, shu jumladan, sportchi ayollar soni, jamoaviy sport turlari bo‘yicha tegishli sport turida ishtirok etadigan sportchilar soni va boshqalar) kelib chiqib shakllantiriladi.
Markazlarda o‘qish jarayoni 2 ta bosqichda: 1-bosqich 5 — 11-sinflar uchun Olimpiya maktablarida, 2-bosqich 1-2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kollejlarida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0