O‘zbekistonda qishki sport maktabi ochiladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishXokkey. Illyustrativnoe foto.
Xokkey. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
Maktabda o‘quvchilar sportning figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey turlariga jalb etiladi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Hukumat qabul qilgan 3-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan qishki sport turlari bo‘yicha tashkil etilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi.
Unga ko‘ra, maktab respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo‘yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish ishlarini olib boradi.
U maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey bilan o‘quvchilarning doimiy mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajor zaliga ega bo‘lishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0