Habib Nurmagomedov MMA’dagi faoliyatini yakunladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tish Xabib Nurmagomedov
 Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2023
Obuna bo‘lish
Habib vaqtini oilasiga bag‘ishlamoqchi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Yengil vazn toifasida sobiq Ultimate Fighting Championship (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov aralash jang san’atidagi (MMA) faoliyatini yakunladi.
“Bu uning murabbiylik karyerasiga va MMA bilan bog‘liq barcha narsalarga tegishli. Bunga sabab – Habib vaqtini oilasiga bag‘ishlamoqchi”, deyilgan xabarda.
Nurmagomedov 2020-yil oktabr oyida Jastin Getji bilan jangdan so‘ng professional darajadagi chiqishlarini yakunlagan edi. Sportchi professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan va biror marta ham mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan.
Yangiliklar lentasi
0