Perm aeroportida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi - video

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishAeroport zakrit iz-za snegopada
Aeroport zakrit iz-za snegopada - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2023
Obuna bo‘lish
Bugun "Pobeda" aviakompaniyasining samolyoti Permdagi “Bolshoe Savino” aeroportida parvoz uchun tezlashish boshlanganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
TOShKENT, 8 yanv - Sputnik. Perm aeroportida samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. Bu haqida mahalliy manbaalarga asoslanib Russsia Today xabar qilmoqda.
Hodisa 8-yanvar, yakshanba kuni ertalab, Perm-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha DR 6512 reysini amalga oshirayotgan Boing 737-800 samolyoti uchish boshlanishida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi. 183 nafar yo‘lovchi yoki ekipaj a’zolaridan hech biri jabrlanmagan, samolyotning o‘zi ham zarar ko‘rmagan.
Yo‘lovchilar aeroport terminaliga olib ketilgan. Hozirda bort uchish-qo‘nish yo‘lagidan samolyot to‘xtash joyiga evakuatsiya qilinmoqda. Bolshoe Savino aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘shatilguncha reyslarni qabul qilish va jo‘natish uchun yopiq. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.
Onlayn tabloga ko‘ra, Moskvaga soat 06:00da parvoz qilishi kerak bo‘lgan parvoz mahalliy vaqt bilan 10:30 ga kechiktirilgan.
Yangiliklar lentasi
0