Braziliyadagi tartibsizliklar: nimalar sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / Sergio LimaProtesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishlarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari 8-yanvar kuni politsiya bilan to‘qnashib, Braziliyadagi hukumat binolari – parlament, Federal Oliy sud va davlat rahbarining ishchi qarorgohiga bostirib kirdi.
© AP Photo / Eraldo Peres Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii

Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Ko‘plab xalqaro siyosiy arboblar namoyishchilarning harakatlarini qoralab, Braziliyaning amaldagi prezidenti Luis Inasiu Lulu da Silva va uning hukumatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Nimalar sodir bo‘ldi?
Bolsonaru tarafdorlari oktabrdagi prezidentlik saylovi natijalariga qarshi chiqdi. Braziliya bayroqlari va sariq-yashil liboslar bilan shahar markaziga chiqayotgan olomon namoyishchilar parlament, Federal Oliy sud binolari va davlat rahbarining ishchi qarorgohi hisoblangan Planaltu saroyining oynalarini sindirdi. Ishlanmaydigan kunlarda bo‘sh turgan ma’muriy binolar qo‘riqchilari qoidabuzarlarga qarshi tura olmadi.
© AFP 2023 / Ton MOLINAPolitsiya razgonyayet protestuyushix storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Politsiya razgonyayet protestuyushix storonnikov Bolsonaru v Brazilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Politsiya razgonyayet protestuyushix storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Braziliya poytaxti federal okrugi harbiy politsiya vertoloti namoyishchilarga qarata granatalar uloqtirgan. Pogromlar boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Braziliyadagi politsiya bo‘linmalari namoyishchilarni ular egallab olgan hukumat binolaridan chiqarib yuborishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlab 30 nafar kishi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq poytaxt gubernatori Ibaneys Roshi 400 dan ortiq odam hibsga olinganini ma’lum qildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, namoyishlarda 5 mingga yaqin odam qatnashgan.
© AP Photo / Eraldo PeresProtesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, federal hukumat binolaridagi pogromlar paytida vandallar tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan turli san’at asarlari: rasmlar, haykallar, interyer elementlariga zarar yetkazgan yoki o‘zlari bilan olib ketgan. Pogromlar paytida prezident idorasiga zarar yetmagan. Prezident qarorgohi binosiga kirgan hukumatga qarshi namoyishlar ishtirokchilari u yerdan qo‘riqchilarga tegishli qurollarni o‘g‘irlab ketgan.
© AP Photo / Eraldo PeresProtesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Protesti storonnikov Bolsonaru v Brazilii
Braziliya bunga qanday munosabatda bo‘ldi?
Lula da Silva tarafdorlari bosh prokurordan Braziliyada federal xavfsizlik kuchlaridan foydalanishga ruxsat berishni so‘radi. Braziliya prezidenti mamlakat poytaxtida yakshanba kungi tartibsizliklarda ishtirok etgan vandallarni aniqlashga va ularni jazolashga va’da berdi. U tartibsizliklar munosabati bilan vazirlar bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
© AP Photo / Eraldo PeresProtestuyushie storonniki Bolsonaru i politsiya vnutri rezidensii prezidenta v Brazilii
Protestuyushie storonniki Bolsonaru i politsiya vnutri rezidensii prezidenta v Brazilii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Protestuyushie storonniki Bolsonaru i politsiya vnutri rezidensii prezidenta v Brazilii
Yanvar oyi oxirigacha Braziliyada favqulodda holat joriy qilindi. Braziliya bosh prokurori Augustu Aras poytaxt Federal okrugi prokuraturasidan Braziliyadagi tartibsizliklar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qildi.
Braziliya poytaxti federal okrugi gubernatori Ibaneys Roshu vaqtinchalik mintaqa rahbariyatidan chetlashtirildi. U mamlakat prezidentidan, shuningdek, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati rahbariyatidan yakshanba kungi voqealar uchun kechirim so‘radi.
Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru uni qo‘llab-quvvatlagan Braziliyada hukumat binolariga hujum qilgan namoyishlar qonunni buzganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0