O‘zbekistonlik shpagachi qizlar Jahon kubogida kuchli sakkizlikdan joy olishdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasi Jahon kubogi
Jahon kubogi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2023
Obuna bo‘lish
Italiyada qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik shpagachi qizlar Italiyada o‘tkazilgan Jahon kubogida kuchli sakkizlikdan joy olishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Italiyaning Udine shahrida qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Rapira va shpaga qurollarida o‘tayotgan musobaqaning ortda qolgan kunida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
O‘zbekistonlik shpagachi qizlar musobaqada chorak finalgacha yetib borishdi va kuchli sakkizlikdan joy olishdi.
Ular 1/8 finalda Avstriyani 45:39 hisobida dog‘da qoldirishdi, biroq yarim final ostonasida ispaniyalik raqibalariga 41:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Afsuski, qolgan yo‘nalishlarda jamoalar 1/8 finalda mag‘lubiyatga uchrashdi.
Shpaga, yigitlar: O‘zbekiston – Fransiya 31:45
Rapira, qizlar: O‘zbekiston – Polsha 23:45
Rapira, yigitlar: O‘zbekiston – Slovakiya 31:45
Yangiliklar lentasi
0