Haydovchilardan transport vositasini boshqarishda ob-havo sharoitini hisobga olish so‘raldi

© ToshshahartransxizmatToshshahartransxizmat
Toshshahartransxizmat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Noqulay ob-havo sharoitida ayrim avtobus yo‘nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Ob-havoning keskin o‘zgarishi avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil qildi. Shu sababli barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab sharoitni hisobga olishlari so‘ralmoqda.
Ularga zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarida, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslik tavsiya etildi.
Haydovchilardan tezlik talablariga qat’iy amal qilishlari, piyodalardan yo‘lni kesib o‘tishda o‘ta hushor bo‘lishlari, kattalardan yo‘llarda bolalarning harakatini nazoratga olishlari so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda yo‘llarni qordan tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilib, muzlamalar hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida yo‘lga qum-tuz aralashmasi sepildi.
Yangiliklar lentasi
0