Gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGazozapravochnaya stansiya v Kazani
Gazozapravochnaya stansiya v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, respublika bo‘yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.
“Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik xabariga ko‘ra, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan, zaxiralar hisobidan.
Fuqarolardan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanish, zarurat bo‘lmaganda uyda qolish hamda xonadonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0