Rossiyada ta’lim: OTMlarda bepul o‘qish uchun hujjat topshirish boshlandi - video

© Russkiy dom v TashkenteRossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente.
Rossiyskiy sentr nauki i kulturi v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi Rus uyida 11-31 yanvar kunlari soat 15:00 da maslahatlar berish jarayoni bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Rossotrudnichestvo vakolatxonasida Rossiya universitetlarida bepul ta’lim olish uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha bir qator yuzma-yuz guruh maslahatlari boshlandi.
O‘zbekistonlik abituriyentlar Toshkentdagi Rus uyiga (Russkiy dom) tashrif buyurib, “Rossiyada ta’lim” portalida arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yuzma-yuz guruh maslahatlashuvlarida ishtirok etishlari mumkin.
Mashg‘ulotlar 11-yanvardan 31-yanvarga qadar shanba va yakshanbadan tashqari har kuni soat 15.00 da Yunus Rajabiy ko‘chasi, 63-uyda bo‘lib o‘tadi.
Vakolatxona hududiga kirish faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat: pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasi ko‘rsatilganda amalga oshiriladi. buning uchun barcha abituriyentlar, shu jumladan, ota-onalar ham oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Rossiyada ta’lim olish uchun arizalar Education in Russia portali orqali qabul qilinadi. Mazkur portal orqali OTMni tanlash, onlayn ariza yuborish va qo‘shimcha hujjatlarni yuklash jarayonlari amalga oshiriladi. O‘z mamlakatida tanlovdan o‘tgan abituriyentlar ta’lim olish uchun taklifnoma va ta’lim vizasini qo‘lga kiritishadi.
Rossiya OTMlarida bepul o‘qish uchun 20-fevralgacha hujjat topshirish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0