Shavkat Mirziyoyev "Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG, proshedshey po initsiative Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina v gorode Sankt-Peterburge.
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG, proshedshey po initsiative Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina v gorode Sankt-Peterburge.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Hindiston raisligida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirga jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari taklif etilgan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan “Global Janub ovozi” sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Hindiston raisligida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda Bangladesh, Vyetnam, Kambodja, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham qatnashadi. Jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari taklif qilingan.
Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi doirasida o‘tkazilayotgan sammitning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal etish yo‘lida aniq takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
Xususan, iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish borasida fikr almashiladi va aniq takliflar ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0