Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib kirish tartibi yengillashadi – yangi qaror

© SS0 / Unsplash / OliveZolotie ukrasheniya
Zolotie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Endilikda zargarlik buyumlarini sotuvchi tadbirkorlarga chegirmalar beriladi - tafsilotlar.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Zargarlik sohasi mahalliy sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantiriladi. Bu prezidentning 11-yanvar kuni qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga muvofiq, endilikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali 15 foizlik avans to‘lovini amalga oshirgan holda kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishlari mumkin bo‘ladi. Bu tartib 2026-yil 1-yanvariga qadar amal qiladi.
Zargarlik buyumlarini sotuvchi tadbirkorlarga chegirmalar beriladi
Shuningdek, 1-fevraldan boshlab 2026-yil 1-fevralga qadar "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda tadbirkorlarga chegirmalar beriladi.
Chegirmalar quyidagi tartibda taqdim etiladi:
100 dan 300 tagacha ish o‘rinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga - London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida;
300 dan 500 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga -2 foizi miqdorida;
500 dan 1000 tagacha ish o‘rinlarini yaratganlarga -3 foizi miqdorida;
1000 ta va undan ortiq ish o‘rinlarini yaratganlarga -4 foizi miqdorida.
Zargarlik buyumlarini O‘zbekiston tashqarisiga olib chiqish tartibi
Shu yilning 1-fevraldan boshlab, rezident va norezident jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan tashqariga olib chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
Agarda zargarlik buyumlari 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lsa yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida olib chiqiladi.
Shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga - zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda, ma’lumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etiladi.
2023 yil 1-fevraldan boshlab affinaj korxonalari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan xomashoni bojxona hududida qayta ishlash, bojxona rejimiga joylashtirish va tarkibida qimmatbaho metallari mavjud bo‘lgan qayta ishlash mahsulotlarini tashqariga olib chiqishda maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish uchun litsenziya olish majburiyatidan ozod etiladi.
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘quv kurslar tashkil etiladi
Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shaharidagi "Ishga marhamat" monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Italiya, Turkiya kabi xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Kurslarni muvaffaqiyatli tugatib, tegishli sertifikat olgan shaxslarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalarni sotib olish maqsadlari uchun 50 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0