Bizga rossiyalik shifokorlar bilan hamkorlik qilish qulay - mutaxassis

© UzNIITOSotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyalik ortoped-travmatologlar o‘zbekistonlik shifokorlar bilan murakkab operatsiyalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatli tajriba almashmoqda.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Rossiyaning yetakchi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda murakkab operatsiyalar o‘tkazilmoqda.
© UzNIITOSotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Bu haqida Sputnik muxbiriga tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD), Travmatologiya va ortopediya markazi Artroskopiya bo‘limi rahbari Farrux Usmonov hikoya qilib berdi.
Usmonov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda Travmatologiya markazida Rossiya tajribasi keng miqyosda o‘rganilmoqda. Markaz xodimlari Rossiyaning yetakchi ortopedik markazlariga malaka oshirgani va turli xil mahorat darslariga muntazam ravishda boradilar. Shu bilan birga, travmatologiya va ortopediyaning boshqa sohalari bo‘yicha ham mutaxassislar markazimizga tashrif buyurmoqda.
© UzNIITOSotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
"Bizga aynan rus shifokorlari bilan hamkorlik qilish qulay. Chunki til bo‘yicha to‘siq yo‘q, Rossiyadan mutaxassislarni kelishida hech qanday viza rasmiylashtirishga ehtiyoj yo‘q. Bu bizga ancha qulaylik tug‘diradi, - deydi vrach. - Qolaversa rossiyaliklar bu yuqori texnologik kam invaziv operatsiyalarni mahorat bilan amalga oshiradilar".
2022 yil davomida may oyida Moskva shahridan Shveyseriya universiteti klinikasi travmatolog-ortopedi Samilenko Igor Grigoryevich makazga tashrif buyurdi. Mutaxassis bilan birgalikda tizza va yelka bo‘g‘imida murakkab artroskopik operatsiyalar o‘tkazildi.
© UzNIITOSotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami

“Rossiyalik ortoped-travmatologlar bilan o‘zaro hamkorlikda 2022-yilga qadar Markazimizda 10 dan ortiq operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bular kam invaziv operatsiyalar - yelka bo‘g‘imi murakkab artroskopik operatsiyalari", - deydi Usmonov.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra rossiyalik travmatolog-ortopedlar bilan hamkorlik 2020-yil dekabrda boshlangan. O‘shanda Moskva shahri FNKS FMBA Rossii Travmatologiya-ortopediya bo‘limi rahbari va Reabilitatsiya markazi mudiri Muxanov Viktor Viktorovich Respublika Travmatologiya markazida mahorat darslari o‘tgan va murakkab tipdagi yelka bo‘g‘imida rekosntruktiv artroskopik operatsiyalar o‘tkazgan.
Rossiyalik shifokorlar bilan bajarilgan operatsiyalar bemorlarni normal turmush tarziga, sportchilarga esa travmadan avvalgi formaga qaytish imkoniga ega bo‘lishlari uchun kerak, deydi shifokor.
© UzNIITOSotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Sotrudnichestvo UzNIITO s rossiyskimi spetsialistami
Yangiliklar lentasi
0