Niderlandda shaxmat bo‘yicha turnir tashkilotchilari Abdusattorovni kutishmoqda

© Nodirbek AbdusattorovNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik shaxmatchilar dunyoning eng kuchli grossmeysterlari qatorida dona suradi.
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng kuchli grossmeysterlari qatorida dona suradi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
Bugun Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 85-nufuzli “Tata Steel 2023” turniri boshlanadi.
Turnir Challenger va Master 2 guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhda 14 nafar shaxmatchi o‘rtasida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov ishtirok etmoqda.
Ikkinchi guruhda Magnus Karlsen, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va boshqa ko‘plab shaxmatchilardan GM Nodirbek Abdusattorov bor.
Turnir davra tizimida 14 turdan iborat bo‘ladi. Turinir 29-yanvarga qadar davom etadi.
Turnir direktori Yerun van den Bergning so‘zlariga ko‘ra, u tarkibdan juda mamnun. Tashkilotchilar doim dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari va kelajakdagi iqtidorlarning mukammal kombinatsiyasini izlashadi.
“O‘n olti yoshli Gukesh yoki o‘n sakkiz yoshli Abdusattorov kabi yosh iqtidor sohiblari o‘rnatilgan tartib bilan qanday kurashishini intiqlik bilan kutaman”, deydi turnir direktori Yerun van den Berg.
Ma’lumot uchun, mazkur turnirda har yili dunyoning tan olingan eng yaxshi o‘yinchilari bir-birlari bilan, shuningdek, yangi iste’dodlar bilan raqobatlashishadi.
Yangiliklar lentasi
0