Hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filialiElektr energiyasi
Elektr energiyasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri va viloyatidagi gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, ta’minotda uzilishlar sodir bo‘lmoqda.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qurilmalarda yuklamaning ortishi natijasida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Sovuq havo harorat tufayli quvurlarda gaz bosimining pasayishi, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning keskin ortishi kuzatilmoqda. Buning natijasida hududlardagi, xususan Toshkent shahri va viloyatidagi gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, ta’minotda uzilishlar sodir bo‘lmoqda.
Kecha kun davomida 100dan ortiq elektr va gaz qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi.
Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular zarur transport vositalari, qo‘shimcha elektr va gaz qurilmalari zaxiralari bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari tarmoqlarda yuklamani kamaytirish hamda energiya resurslarini birinchi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.
Shuningdek, barcha hududlardagi ko‘cha yoritish chiroqlarining bir qismi o‘chirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yo‘naltirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0