O‘zbekiston aeroportlariga kutib oluvchilarning kirishiga ruxsat berildi

© Uzbekistan AirportsS 14-yanvarya vse vstrechayushie v aeroportax Uzbekistana mogut popast v zali prilota
S 14-yanvarya vse vstrechayushie v aeroportax Uzbekistana mogut popast v zali prilota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
Ilgari kutib oluvchilarni binoga kiritish aeroportlarda faoliyat yurituvchi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan cheklangan edi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Anomal sovuqlar munosabati bilan O‘zbekiston aeroportlari binosiga kutib oluvchilarning kiritilishiga ruxsat berildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ilgari kutib oluvchilarni binoga kiritish aeroportlarda faoliyat yurituvchi bir qator tuzilmalarning hujjatlari bilan cheklangan edi. Endi barcha kutib oluvchilar uchib kelish zallariga kirib, terminal ichida bojxona hududigacha bo‘lgan joyda uchib kelayotgan yo‘lovchilarni kutishlari mumkin bo‘ladi.
“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayevaning so‘zlariga ko‘ra, odamlar issiqda va sovuqda tashqarida turishgan va xavfsizlik nuqtayi nazaridan va boshqa bir qator sabablarga ko‘ra ularni ichkariga kiritish taqiqlangan. 2018-yilda qurilgan uchib kelish zali ham xalqaro standartlarga javob bermaydi, unda kutib oluvchilar uchun joy ajratilmagan.
© Uzbekistan AirportsS 14-yanvarya vse vstrechayushie v aeroportax Uzbekistana mogut popast v zali prilota
S 14-yanvarya vse vstrechayushie v aeroportax Uzbekistana mogut popast v zali prilota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
S 14-yanvarya vse vstrechayushie v aeroportax Uzbekistana mogut popast v zali prilota
“Uning ustiga zal juda kichkina. Biz hozirda binoning old qismini surish orqali zal maydonini ko‘paytirish loyihasini ishlab chiqmoqdamiz, bu erda kutib oluvchilar uchun sharoit yaratish mumkin bo‘ladi. Jarayon, zal atrofida ko‘plab kommunikatsiyalar o‘rnatilganligi sababli murakkablashmoqda. Har safar, biz mavjud aeroportni qayta qurish, kengaytirish, qulayroq qilish uchun harakat qilishga qo‘l urganimizda, poytaxtimizga yangi aeroport qurish kerak ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz. Ammo, aeroportlar bir kunda bunyod etilmasligini hisobga olib, imkon qadar mavjud aeroportni rekonstruksiya qilmoqdamiz”, — deydi u.
Ta’kidlanishicha, anomal sovuqlar sharoitida aeroport xizmatlari parvozlar xavfsizligiga e’tiborni kuchaytirmoqda. Noqulay ob-havo sharoitlari - sovuq havo harorati, qor yog‘ishi - parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun samolyotlarni muzga qarshi suyuqlik bilan ishlov berish jarayonini nazarda tutadi. Bu jarayon odatda har bir samolyot uchun taxminan 30 daqiqa davom etsada, hozirgi paytda har bir samolyotga ishlov berish 1 soatdan 1,5 soatgacha vaqt olmoqda.
Bu reyslarning kechikishiga olib keldi. Dunyoning qator mamlakatlarida bunday ob-havo sharoitlari tufayli aeroportlarni yopish amaliyoti mavjud. Ammo O‘zbekiston aeroportlari yo‘lovchilarni jadvaldagi o‘zgarishlar haqida xabardor qilgan holda ishlashga qaror qilgan.
Ma’lum qilinishicha, mamlakat aeroportlari murakkab ob-havo sharoitida uchish va qo‘nish operatsiyalarini barqaror amalga oshirish uchun yetarli resurslarga ega. Gap nafaqat mashinalar, balki xalqaro tajribaga ega malakali kadrlar haqida ham bormoqda. Yo‘lovchi oqimi bo‘yicha eng gavjum aeroport, bu Toshkent aeroportidir – u yerda kuniga yuzdan ortiq reyslar amalga oshiriladi. "Handling" kompaniyasi va aerodrom xizmati ob-havo sharoitining yomonlashishi arafasida barcha zaxira kuchlarini jamlashga muvaffaq bo‘lishdi.
"Jumladan, 10-yanvar kuni soat 00:00 dan 23:59 ga qadar O‘zbekiston xalqaro aeroportlari tomonidan 152 ta reysga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, shundan 93 tasi Toshkent aeroportida amalga oshirilgan. Har bir samolyotga ishlov berish uchun bir soatdan ko‘proq vaqt ketganini va barcha maxsus texnikalar parki, shunday sovuqda aerodromda ishlagan hodimlarni hisobga olmaganda, uchish-qo‘nish yo‘lagi va yurish yo‘laklarini tozalashga chiqqanini hisobga olsak, bu juda yuqori ko‘rsatkich”, - deb qo‘shimcha qildi Ra’no Jo‘rayeva.
Yangiliklar lentasi
0