Bugun ba’zi hududlar +2 darajagacha isiydi

© Russkiy dom v TashkenteSolnechnaya moroznaya pogoda v Tashkente.
Solnechnaya moroznaya pogoda v Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda harorat -1...+1 daraja iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -0...-5 daraja, ba’zi joylarda +1...-2 daraja bo‘ladi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1...+1 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chish havfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -2...-7 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0