Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Salbiy his-tuyg‘ular saratonni rivojlantirishi mumkin – mutaxassis

© Foto : PixabayGrustniy chelovek
Grustniy chelovek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
Sibir Sitologiya va genetika instituti olimlari davomli stress va depressiya insonlarda saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqlashdi.
Salbiy his-tuyg‘ular insonlarda onkologik kasalliklarni rivojlantirishi mumkin. Bunday to‘xtamga olimlar sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar asosida kelishdi.
Sibir Sitologiya va genetika instituti olimlari davomli stress va depressiya insonlarda saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqlashdi.
Aytilishicha, noto‘g‘ri genetik ma’lumotga ega bo‘lgan hujayralar tananing ma’lum bir joyida to‘planganda saraton paydo bo‘ladi.
Sog‘lom immun tizimi odatda ular bilan muvaffaqiyatli kurashadi, ammo agar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa, mutatsiyaga uchragan hujayralar qarshilikka duch kelmasdan, o‘simta hosil qiladi.
Stress holatida buyrak usti bezlari ko‘proq noradrenalin va kortizol ishlab chiqaradi. Ushbu gormonlarning ikkalasi ham o‘simta hujayralarini "uyg‘otuvchi" maxsus oqsillarni chiqaradigan immun tizimining hujayralariga ta’sir qiladi.
Albatta, bu og‘ir hissiy lahzalarni boshdan kechirgan har bir inson saraton kasalligiga duchor bo‘ladi degani emas. Stressning paydo bo‘lishi va uning o‘tib ketishi bu normal holat. Lekin stress holatini surunkali boshdan kechiruvchi insonlarda ko‘pincha doimiy charchoq va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar vujudga keladi. Bunda immun tizimi allaqachon noto‘g‘ri ishlayotganligi sababli o‘simta paydo bo‘lish ehtimoli yuqori.
Laboratoriya sichqonlaridan farqli o‘laroq, insonda bu tajribani amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun, olimlar retrospektiv ma’lumotlarga asoslanadi.
Yangiliklar lentasi
0