Britaniya tanklari Ukrainada nimani o‘zgartiradi?

© Foto : Crown Copyright Tank Challenger 2 Britanskix Voorujennix sil
Tank Challenger 2 Britanskix Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
London Kiyevga 14 ta tank yubormoqchi, biroq Ukraina hujumga o‘tishi uchun 300 dan ortiq tank va 500 dan ortiq piyoda jangovar texnika kerak.
G‘arb mamlakatlarining qurib borayotgan qurol omborlari va NATOning 73-yildan buyon harbiy muvaffaqiyatlarining yo‘qligi Rossiyaga qarshi proksi-urushda g‘alabaga umid qilishga imkon qoldirmayotir.
Dunyodagi eng zo‘r G‘arb texnologiyalari, artilleriya va zenit tizimlari, bronetransportorlar va tanklar haqidagi afsonalar Ukrainada sodir bo‘layotgan harbiy harakatlar teatrida bo‘layotgan voqealarda achchiq haqiqatga va rus qurolining ustunliga duch kelishmoqda.

Kollektiv G‘arb Kiyev rejimiga Rossiya ustidan taxminiy g‘alaba qozonish uchun zarur bo‘lgan og‘ir zirhli mashinalar sonini ehtiyotkorlik bilan hisoblashda davom etmoqda. Britaniyaning mudofaa vaziri Ben Uolles 16-yanvar kuni mamlakat Ukrainaga va’da qilgan “eng muhim harbiy yordam” haqida batafsil ma’lumot berdi. Yordam tarkibida asosan "Challenger 2" tanklari, AS90 o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmalari, yuzlab zirhli texnikalar, 100 mingta artilleriya snaradlari, shuningdek, to‘rtta "Apache" zarba beruvchi vertolotlari bor.

Shu bilan birga, Londonda 14 ta tankni yuborish “muhim va Buyuk Britaniya yetakchiligini ko‘rsatadi” degan tushuncha mavjud, biroq, “Ukraina g‘alaba qozonish uchun 300 dan ortiq tank va 500 dan ortiq piyoda jangovar texnikaga muhtoj”. Albatta, faqatgina Ukraina g‘arbida “joylashtirishga” mo‘ljallangan "Apache" vertolotlari "Hellfire" tankka qarshi raketalari bilan maxsus harbiy operatsiya zonasida hech nimani o‘zgartira olmaydi va Britaniya xarbiy sanoat kompleksi qudratini namoyish etib bera olmaydi (bu haqida sal keyinroq)

Britaniya armiyasi saflarida – 200 ta "Challenger 2" tanklari, Bundesver va Polsha qo‘shinlarida – 500 dan kamroq "Leopard" tanklari (bunday tanklar 13 ta Yevropa mamlakatlarida –jami bo‘lib ikki mingta). G‘arblik tahlilchilar ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya asosiy jangovar tanklar soni (12 mingdan ortiq) va sifati bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Undan so‘ng AQSh ikkinchi o‘rinda (7000 tank).

Uralvagonzavodning noyob ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olmagan holda ham, Ukraina harbiy harakatlar teatrida Rossiya bilan bilvosita yoki hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri zirhli qarama-qarshilikda, NATO mamlakatlari faqat mo‘’jizaga umid qilishi mumkin.
Maxsus operatsiya paytida Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarining 2000 dan ortiq tank va 5500 boshqa zirhli texnikalari, 3840 ta artilleriya qurollarini yo‘q qilgan. Bartaraf etilganlar orasida G‘arb avvalroq yetkazib bergan 4000 zirhli texnika va gaubitsalari ham bor. Bunday statistika (UQK bronetexnikalarining o‘rtacha oylik “demilitarizatsiyasi” qariyb 700 texnika)- AQSh va NATOning harbiy qurollar bilan ta’minlashining mutlaqo bema’niligini bildiradi. RF qo‘shinlari maxsus operatsiya zonasida G‘arb texnikasini yo‘q qilishga qodir. NATO tanklari Ukraina armiyasi o‘rganib qolgan sovet modellaridan farqli o‘quv, taktika va logistika talab qilishiga ham to‘xtalib o‘tmaymiz. Vaqtning o‘zi AQShning Kiyevdagi qo‘g‘irchoqlariga qarshi ishlamoqda.

“Postukraincha kelajak”

Britaniyaning "Guardian" nashri yozishicha, katta qarshi hujum uchun Ukrainaga 100 tadan kam bo‘lmagan NATO tanklari kerak. UQK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy avvalroq G‘arbdan faqat Melitopoldagi bitta qarshi hujum uchun 300 tank va 700 ta jangovar piyoda mashinalari talab qilgan edi.
"Bloomberg" agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Kiyev 10 oy ichida G‘arbdan 410 ta sovet tanklari va jami 4 mingdan ortiq (allaqachon yo‘q qilingan) bronetexnikalar olgan. Albatta, bular befoyda xarajatlar. Harbiy harakatlar natijasi allaqachon ma’lum va u UQK ga yetkazib berilgan qurollarga aslo bog‘liq emas.
G‘arbda Rossiya maxsus operatsiya maydonida NATO tanklarini yo‘q qilishini yaxshi anglashadi. “Chellenjerlar” va “Leopardlar”ning xalqaro obro‘-e’tiboriga putur yetadi (marketing afsonalari). "Military Watch" nashri eskirgan miltiqlar, “o‘t ochishni bilvosita boshqaruv”, "Challenger 2" “cheklangan harakatchanlik darajasi”ni tanqid qildi va Britaniya va Germaniyaning 70-tonnalik maxluqlari Donbassdagi oldingi chiziqqacha yetib bora olmasligini bashorat qildi:
“Ular front yaqinida joylashtirishni rejalashtirilmayapti, balki buning o‘rniga ular ukrain kuchlari kelajakda ushbu darajaga chiqib olishlariga yengilroq bo‘lishi uchun mashinalar bilan tanishib olishlari maqsadida yetkazilmoqda”. Hozir esa UQK nimalarga ega?
AQSh ma’muriyati yanvar boshida Ukrainaga harbiy yordamning 3 milliard dollarlik 29-paketini e’lon qildi. Uning tarkibida TOW tankka qarshi raketalari bilan 50 ta "Bradley" jangovar piyoda mashinalari, 100 ta M113 zirhli texnikalari, 18 ta 155-mm lik o‘ziyurar gaubitsalar (va ularga 70 mingta snaradlar), 36 ta buksirga olinadigan 105 mmlik gaubitsalar (va ularga 95 mingta snarad) bor. Ushbu eskirgan qurollar ("Bradley" jangovar piyoda mashinalari 40-yildan buyon ishlatiladi, M113 bronetrasportorlari -1960-yildan buyon foydalanishda) Pentagon omborlaridan yetkazilmoqda. Amerika brotexnikalarining soni va sifati taktik ustuvorlikni ta’minlamaydi, chunki metall eskirgan bo‘lishi (ta’mir yoki modernizatsiya talabi) shubhasiz.
Xuddi shunday yondashuvdan AQShning Yevropadagi ittifoqdoshlari ham foydalanishmoqda. Natijada NATO mamlakatlari ommaviy ravishda Ukraina harbiy harakatlar teatriga o‘q otish uchun emas, balki mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan “metallolom” uloqtirmoqda. Shimoliy Atlantika alyansi kelajakdagi harbiy mojarolarga tayyorlanmoqda.
G‘arb tahlilchilari bugungi kunda NATOning “post-Ukraina kelajagi uchun” qayta qurollanishidan jiddiy xavotirda, ya’ni Ukraina hozirda allaqachon hisobdan chiqarilgan. "Breaking Defence" ta’kidlaganidek: “Bir necha yillik aksilterror operatsiyalariga ustuvor ahamiyat berganidan so‘ng, alyans yana Rossiyaga to‘liq e’tibor qaratmoqda” va “Ukrainadagi zamonaviy urushlardan taktik va texnologik saboq olishdan iymanib turgani yo‘q”.
Britaniyaning yuqori martabali harbiy qo‘mondoni britan armiyasi tezkor tahlil davomida o‘zini “juda noqulay” his qilganini aytdi. Londonning UQK uchun asbob-uskunalar yetkazib berishdagi saxiyligi o‘z armiyasi uchun yangi qurollar olish muammolaridan keskin farq qiladi. "Ajax" zirhli razvedka mashinalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish dasturi uchun 10-yil davomida 4 milliard funt sterling (4,9 milliard dollar) sarflandi, ammo 589 ta Ajax mashinalari faqat shartnomadagina mavjud xolos.
G‘arb muammolarining mohiyati shunda: AQSh va NATOda Rossiya ustidan harbiy g‘alaba qozonish uchun samarali qurollar yo‘q va strategik boshi berk ko‘chada. Maxsus operatsiya zonasidagi “nazorat ostidagi” eskalatsiya Vashington va uning Yevropadagi ittifoqdoshlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bartaraf etib bo‘lmas) tahdidlar yaratmoqda. Rossiyaga qarshi sanksiyalar esa ish bermaydi. Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida kollektiv G‘arb navbatdagi (Vyetnam, Iroq, Afg‘oniston va Suriyadan keyingi) sharmandali geosiyosiy mag‘lubiyatga mahkum.
Yangiliklar lentasi
0