OAV: dunyodagi eng keksa ayol 118 yoshida vafot etdi

CC0 / Unsplash / Cristian Newman / Ruki pojiloy jenshini
Ruki pojiloy jenshini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Dunyoning eng keksa ayoli Lyusil Rendon uyqusida vafot etdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Dunyoning eng keksa ayoli, fransuz rohibasi Lyusil Rendon 118 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Frans Press agentligiga tayanib xabar berdi.

“Bu juda og‘ir qayg‘u, lekin... bu uning sevimli akasi bilan birga bo‘lish istagi edi. U uchun bu ozodlik”, - deydi Sent-Katrin-Labur qariyalar uyi vakili Devid Tavella.

Tavellaning so‘zlariga ko‘ra, Randon uyqusida vafot etgan. Randon 117 yoshga to‘lishidan biroz oldin koronavirusni boshdan o‘tkazib, uni yenggan.
Ma’lumot uchun, Lyusil Randon 1904-yil 11-fevralda tug‘ilgan. Yoshligida u guvernantka bo‘lgan, kasalxonada ishlagan, keyin rohiba bo‘lib, Andre opa ismini olgan.
Yangiliklar lentasi
0