NATO shtab boshliqlari Brusselda nimani muhokama qilmoqda

© Foto : NATOShtab-kvartira NATO v Brussele
Shtab-kvartira NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Napoleon va Gitler turli vaqtlarda butun Yevropadan qo‘shin to‘plab Rossiyaga hujum qilgan va mag‘lub bo‘lgan edi. Endi bo‘lsa Vashington ham G‘arbning barcha kuchlarini Rossiyani yo‘q qilish uchun safarbar qildi - Lavrov.
Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti mavjud bo‘lmagan reallikda yashaydi va buning natijasida o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan geosiyosiy voqealarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi G‘arbni ko‘p qutbli dunyoning hozirgi koordinatalari tizimiga qaytaradi.
18-19 yanvar kunlari Brusselda NATO Harbiy qo‘mitasining 32 mamlakat (jumladan, nomzodlar Shvetsiya va Finlyandiya) bosh shtablari boshliqlari darajasidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kelajakdagi ustuvorliklar va harakatlar strategiyasi muhokama qilindi. Asosiy e’tibor Rossiyaga qarshi kun tartibi, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, shuningdek, ko‘p domenli operatsiyalar, raqamli transformatsiya va qo‘shinlarning o‘zaro ishlashiga qaratilgan.
"Kollektiv aql" ishi Alyans Harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer va NATOning Yevropadagi Oliy qo‘mondonligi Kristofer Kavoli va Filipp Lavin tomonidan muvofiqlashtiriladi.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bir kun oldingi chiqishlarida bo‘lajak munozaralar uchun tajovuzkor ohangni belgilashdi. Birinchisi, Kiyev Ukraina Qurolli Kuchlaridan "jang maydonida muvaffaqiyat" kutayotgan G‘arb davlatlaridan kuchli harbiy yordam olganini aytdi. Ikkinchisi Ukraina yana ham ko‘proq qurol olish orqali "jang maydonida g‘alaba qozonishi" kerakligini qo‘shimcha qildi.
Vashington va Brusselda Rossiya bilan urushdan boshqa alternativa yo‘q - oxirgi ukrain askari qolgunicha. G‘arbda g‘alaba qozonish uchun vositalar va imkoniyatlar yo‘qligi aniq, Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasini samarali "maydalamoqda", maxsus operatsiya o‘z oldigan qo‘ygan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishmoqda. NATO uchun bu - dahshatli "geosiyosiy tush"ga aylanmoqda . Ayniqsa so‘nggi vaqtda kollektiv G‘arb sezilarli darajada asabiylashgan.
Shimoliy alyans, Kiyevga yangi artilleriya va zirhli texnika yetkazib berishdan tashqari, 17-yanvar kuni Ukraina jangovar harakatlar teatrida Rossiya Qurolli kuchlarining manyovrlarini yaxshiroq kuzatish uchun Germaniyadan Ruminiyaga uchta AWACS (Uzoq masofadan ogohlantirish tizimi) samolyotlarini qayta joylashtirdi. Maxsus operatsiya zonasi yaqinida NATO havo razvedkasining misli ko‘rilmagan darajada to‘planishi va AQSh armiyasi Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Millining Ukraina Oliy Bosh Qo‘mondoni Valeriy Zalujniy bilan Polsha hududida bo‘lib o‘tgan bir necha soatlik shaxsiy uchrashuvi - Ukraina og‘riqli harbiy halokatlarni boshidan kechirayotgani bilvosita tasdiqlaydi, Kiyev rejimi uchun halokatli istiqbollarni "chizadi".

"Gegemoniya" paradokslari

AQSh qurol-aslaha zahiralari tugab bormoqda, ishlab chiqaruvchilar esa hali jangovar harakatlar sur’atiga yetib ola olmayapti. Ukraina Qurolli Kuchlari oyiga 90 000 ga yaqin artilleriya snaradlarini iste’mol qiladi. Bu barcha NATO mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan hajmidan ikki baravar ko‘p. Amerikaliklar o‘zlarining Isroil va Janubiy Koreyadagi artilleriya arsenallari omborxonalarini bo‘shatishga majbur bo‘lmoqda bu taxminan 300 mingta snarad. Ukraina qo‘shinlari uchun atigi uch oyga yetadi.
"Ukraina Qurolli Kuchlarining bahorgi qarshi hujumi" haqidagi rejalari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinadi.
Ukraina harbiy harakatlar teatrida Rossiyaning ham taktik ham strategik jihatdan so‘zsiz ustunligi, xorijiy ekspertlarda AQSh va alyansning "o‘yinni davom ettirish uchun" samarali siyosiy, iqtisodiy va harbiy vositalari borligiga shubha uyg‘otmoqda. Hatto NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham "Rossiya harbiy mashinasi, o‘ziga xos qurollari, jumladan, gipertovushli raketalar bo‘yicha Ukraina va hatto Amerikadan ham kuchliroq ekanligini" biladi.
Vashington tomonidan ilgari surilgan Yevropa ittifoqchilarining og‘ir zirhli mashinalarini, jumladan, "Chellenjer" va "Leopard" tanklarini Ukraina Qurolli Kuchlariga o‘tkazish rejasi - noilojlikdan amalga oshirilgan so‘nggi urinishga o‘xshaydi. Ukraina teatrida G‘arbning "tank armadasi" yo‘q qilinganidan so‘ng, "zaxirada" faqat "Tornado" yoki F-16 kabi NATO standartlaridagi ishlatilgan hujum samolyotlari qoladi.
Pentagon va Ukraina Qurolli Kuchlarida muhokama qilingan "front chizig‘idan ancha ichkariga" zarba berish uchun kerakli vosita hisoblanadi. Yevropa ittifoqchilari hamon qarshilik ko‘rsatmoqda, ammo Vashington "donorlar" ga izchil bosim o‘tkazmoqda. Pentagon rahbari Lloyd Ostin 19-yanvar kuni Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasida Ukraina bo‘yicha Aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Aytgancha, Bundesverda 93 ta ko‘p maqsadli Tornado qiruvchi samolyotlari (jangovar radiusi - 1390 km, yuk - 9 tonna) mavjud bo‘lib, ular tez orada xizmatdan chiqariladi va o‘rniga F-35 "ko‘rinmas" samolyotlar bilan almashtiriladi. Ukraina Qurolli Kuchlari uchuvchilarini qayta tayyorlash uchun vaqt yo‘q, chet ellik yollanma askarlardan foydalanish mumkin.
Britaniya 120 mm kalibrli 14 ta tankga qo‘shimcha ravishda 2023-yilda Ukraina Qurolli Kuchlarining 20 ming harbiy xizmatchisini tayyorlashni va’da qilmoqda. Bunda avstraliyalik 70 nafar hamkasb britaniyalik instruktorlarga yordam beradi. Gollandiya Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari bataresiyani bermoqchi - bu Amerika va Germaniya yetkazib berganidan keyin uchinchi.
Varshava G‘arbiy Ukrainani o‘ziga kuch bilan "qaytarishga" jiddiy yondashmoqda. Mamlakatning yangi xaritasi muntazam ravishda televizorda namoyish qilinmoqda. To‘g‘ri, Polsha tankchilari bunga keskin qarshi va Polsha Bosh vaziri Mateush Moraveski Davosda shunday dedi: "Rossiya sabrli, kelajakka qaraydi, Ukrainani siqib chiqarishga harakat qiladi, G‘arb esa charchagan, u normal dunyoda yashashni xohlaydi”. Hatto Vashington ham - maxsus operatsiya yakunida - Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan G‘arbiy Ukraina hududida "isonchilar harakati" tashkil etilishini istisno qilmaydi.

Tarix qaytarilmoqda

G‘arbda hech kim tarixdan hech narsa o‘rganmagan ko‘rinadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sayyoradagi qo‘shnilariga Napoleon va Gitler turli vaqtlarda butun Yevropa bo‘ylab qo‘shin to‘plab Rossiyaga qanday hujum qilganini va mag‘lub bo‘lganini eslatdi. Endi bo‘lsa Vashington ham G‘arbning barcha kuchlarini “Rossiyani yo‘q qilish uchun safarbar qildi". NATO mamlakatlarida esa AQSh harbiy-siyosiy avanturizmining oqibatlari hech kimni jiddiy tashvishga solmayapti. G‘arb qurollari qarshi hujumni rivojlantirishga yordam bermasa va Ukraina Qurolli Kuchlari mag‘lubiyatga uchraganidan keyin nima bo‘ladi?
AQSh va NATOning Vetnam, Iroq, Afg‘oniston va Suriyadagi bir qator sharmandali harbiy mag‘lubiyatlari Ukrainada ham qaytariladimi. Aftidan Yevropalik ittifoqchilar AQShning "gegemonligi" uchun yana bir bor qimmat haq to‘laydi.
Build nashrining yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yaqin kelajakda mojaro rivojini o‘zgartirish niyatida. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bevosita maxsus operatsiya zonasida ishlamoqda va Qurolli Kuchlar tarkibi va kuchini oshirish bo‘yicha kompleks rejani izchil amalga oshirmoqda. Ukrainada NATOning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuzi sodir bo‘lgan taqdirda Moskva keskin javob qaytaradi.
Shu fonda The Washington Post nashri NATOning ichki qarama-qarshiliklarini - "Putin uchun sovg‘a" deb atamoqda. Express nashri Rossiya Poseydon yadroviy super torpedalaridan foydalanishga qaror qilsa G‘arb mamlakatlari suv ostida qolishini bashorat qilmoqda. The Wall Street Journal Moskvaning ikki bo‘lajak g‘alabasi - Kiyev va Vashington ustidan qozongan g‘alabasi haqida ma’lumotni ishonchli tarzda tarqatadi. Bu yerda hech qanday illyuziya bo‘lmasligi kerak.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning Telegram kanaliga obuna bo‘ling
Yangiliklar lentasi
0