Bu yil 197 megavatli qo‘shimcha elektr quvvati ishga tushiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston imkon qadar barcha generatsiya manbalardan foydalanilmoqda: mavjud quvvatlarni mustahkamlash, quyosh, shamol va kichik gidro elektr inshootlari barpo etmoqda.
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni energiya ta’minotini yaxshilash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda ma’lum bo‘lishicha 2023-yilda O‘zbekistonda qo‘shimcha elektr quvvatlari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

2023 yilda 197 megavattli 7 ta loyiha va 10 ta mikro gidroelektr stansiya ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kelajakda yana 438 megavattli 8 ta istiqbolli loyiha va 50 ta mikro GES qurish bo‘yicha ishlar ham boshlangan.
Majlisda shuningdek, so‘nggi yillarda energetika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ham qayd etib o‘tildi.
Xususan, so‘nggi yillarda gidroenergetika yo‘nalishida 500 million dollarlik 27 ta loyiha amalga oshirilib, qo‘shimcha 260 megavattli quvvatlar yaratildi. “O‘zbekgidroenergo” tizimidagi stansiyalarning umumiy quvvati 2 ming megavattdan oshdi.
Yangiliklar lentasi
0