Kolumnistlar

Ukraina IIV rahbarining vertolyoti halokati – tasodifmi yoki terakt?

© AFP 2023 / SERGEI SUPINSKYMesto krusheniya vertoleta vozle detskogo sada v Brovarax.
Mesto krusheniya vertoleta vozle detskogo sada v Brovarax. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kiyevda ukrainalik amaldorlarning Gʻarbdan kelayotgan koʻp milliard dollarlik harbiy yordam oqimini nazorat qilish va Gʻarb qurollarini sotish uchun “tuzilmalararo” kurash avj olmoqda.
Yaqinda sodir boʻlgan IIV rahbarining vertolyoti qulashi - muammoning koʻp jihatlarni anglatadi va klanlar oʻrtasidagi mojarolarning davom etishini tasdiqlaydi.
Kiyev yaqinida ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning oʻrinbosari Yevgeniy Yenin, davlat kotibi Yuriy Lubkovich va boshqa muhim amaldorlar boʻlgan “Yevrokopter Super Puma”, vertolyoti 18 yanvar kuni halokatga uchraganidan keyin uch kunlik motam eʼlon qilindi. Kuchli zarbadan bolalar bogʻchasi va turar-joy binolari qisman vayron boʻlgan. 18 nafar halok boʻlganlar orasida –uch nafar bola bor. 29 kishi, jumladan, 15 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.
“Ehtimoliy bir qator sabablar”ni oʻrganish bilan Ukraina Xavfsizlik xizmati shugʻullanmoqda. Maʼlum boʻlishicha, IIV rahbariyati boʻlgan vertolyot “qaynoq nuqtaga” harbiy toʻqnashuvlar liniyasiga uchayotgan boʻlgan.
Kiyevda koʻpchilik “Super Puma”ning qulashi fojeaviy tasodif emas, balki bortdagi portlash rejalashtirilgan aktsiya ekaniga ehtimol yuqori deb hisoblashmoqda. Guvohlarning maʼlum qilishlaricha, vertolyotda avval yongʻin boshlanib, osmondayoq qismlarga boʻlina boshlagan.
IIB rahbari Denis Monastirskiy “Zelenskiy jamoasi” odami hisoblangan va kuchishlatar tuzilma rahbarining maqsadli yoʻq qilishinini prezidentga signal kabi koʻrish mumkin. Gʻarblik homiylari bilan Ichki ishlar vazirligi va chegara xizmati uchun qurol-yaroq yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borgan Monastirskiy va uning oʻrinbosari Yenin vafotidan soʻng, butun muvofiqlashtirish tizimini tiklash kerak. Bankovayada (Ukraina prezidenti qarrgohi joylashgan koʻcha) “Kadrlarning keng koʻlamli oʻzgarishi va ishdan boʻshatish” ishlari tayyorlanmoqda.
18 yanvardagi vertolyot falokatini Ukrainaning Ichki Ishlar, Xavfsizlik xizmati va Qurolli Kuchlari oʻrtasida (pul) uchun ichki tuzilmalararo urush sifatida koʻrish mumkin.
“Zelenskiy jamoasi”ni unga fidoiy kuchlardan tozalash maqsadida va bir vaqtning oʻzida - siyosiy vaznga ega boʻlgan Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh Qoʻmondoni Valeriy Zalujniyga pozitsiyasini zaiflashtirish uchun unga qarshi provokatsiya sifatida.
Soʻnggi paytlarda Ukraina prezidenti va bevosita Pentagon strateglari tomonidan boshqariladigan Ukraina Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni oʻrtasidagi qarama-qarshilik juda sezilarli.

Diversiya versiyalari

Kiyev manbalari “klanlarning taʼsir doirasi oʻzgarishi” haqida xabar berishmoqda. Bunda Zelenskiyning qarori bilan Monastirskiyning “siyosiy qatl etilishi” versiyasi ham bor. Goʻyoki bu uning UQK bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniy tomonga ogʻishayotganiga qasos sifatida.
Gʻarbda Valeriy Zalujniyni koʻpchilik Ukrainaning keyingi prezidenti sifatida koʻrmoqda. Mudofaa vazirligi va UXX yuqori rahbariyatining Gʻarb qurollari savdosidagi jinoiy ishtirokini istisno etib boʻlmaydi (“boshqa tarafdagi” manbalar “jarayon” Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanov tomonidan nazorat qilinishini taʼkidlamoqda).
Ukraina IIV rahbari Monastirskiy avvalroq “insonparvarlik yordami”ning talon-taroj qilingani boʻyicha 250 ta ish ochilgani haqida maʼlum qilgan edi. Buning uchun ham halok boʻldi. Kuzatuvchilarning fikriga koʻra, IIB rahbariyatini yoʻqotishga prezident devoni rahbari Andrey Yermak ruxsat bergan boʻlishi mumkin. U ham “hissadorlar” orasida.
Avvalroq Gʻarbda Kiyevga yetkazib berilgan qurollardan “shaffof” foydalanilmayotgani va barcha hajmlarning 10 dan 30 foizigacha kuzatib borish mumkinligini maʼlum qilgan edi. Pentagon Ukrainada oʻz mutaxassislaridan qandaydir boshqaruv tizimini tashkil etishga harakat qildi, ammo harbiy harakatlar sharoitida har bir “mahsulot”ning yoʻlini kuzatish deyarli (texnologik jihatdan) imkonsiz. Savdo-sotiq qizgʻin davom etmoqda. Umumiy foydalanishdan yashirilgan internet segmenti qurollarning faqat kichik hajmi va muammolar haqida maʼlumot beradi. Koʻchma zenit va tankka qarshi raketa komplekslari, dronlar, avtomatlar – “qora oqim” bilan butun dunyoga tarqalmoqda. Va terrorchilar, natsistlar, jihodchilar qoʻllariga yetib bormoqda. Kiyev rejimi nazoratni qattiq ushlamayapti, axir “urushning oʻzi hammasini hisob-kitob qiladi”.
Diversiyalar versiyasi IIBning sobiq rahbari Arsen Avakovga ham soya tashlagan. U 2021 yilda isteʼfoga chiqib, Denis Monastirskiyga oʻz oʻrnini boʻshatib bergan edi. Eslatib oʻtish joiz, Avakovning talablari bilan Airbus Helicopters frantsuz kompaniyasidan foydalanilgan “Yevrokopter Super Puma” vertolyotlarini xarid qilgan edi. Avvalroq, Polsha va Norvegiya ushbu vertolyotlarni sotib olishdan bosh tortgan. Avakov Oliy radada oʻz obroʻsini yoʻqotmagan, uning IIV ga qaytishi ham istisno emas.
2022 yil mart oyida Kiyev markazida Bosh razvedka boshqarmasining muhim agenti va Ukraina muzokara guruhi aʼzosi Denis Kireyevning qatl etilgani Ukrainaning kuchishlatar tuzilmalarida oʻz raqiblarini koʻndirish, qoʻrqitish va zararsizlantirish borasida koʻp narsani bildiradi.
The Wall Street Journal harbiy razvedka qadrli xodimining Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan oʻgʻirlab ketilgani va boshiga otilgan oʻqdan halok boʻlgani haqida batafsil hikoya qilgan edi.
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi boshligʻi Kirill Budanovning soʻzlariga koʻra, 2022 yil 23 fevralda agent Kireyev Rossiyaning harbiy maxsus operatsiyasi boshlangan vaqt, Gostomeldagi aerodromning alohida ahamiyati haqida maʼlumot bergan va bu bilan “Kiyevni himoya qilish”da yordam bergan.
The Wall Street Journal nashri yozishiga koʻra, "UXX hatto oʻz qahramonlariga nisbatan suddan tashqari qatllarni qoʻllashi" haqida xabar bergan edi. Biroq, ushbu jinoyat uchun UXX da hech kim qattiq jazolanmaydi yoki pushaymon boʻlmaydi.
Agar 18 yanvarda boʻlib oʻtgan hodisada vertolyotni “oʻz odamlari” urib tushirishgan boʻlsa, UXX xodimlari bu haqida hech qachon maʼlum qilmaydi.
Eng ehtimoliy variant- “Super Puma”ning texnik nosozligi haqida ommaga xulosa qilinadi. Yaqin istiqbolda esa prezident Zelenskiyning oʻz mashinasi (yoki vertolyoti) nosoz boʻlib chiqishi mumkin. Ukraina “xalaskori”ni dabdaba bilan soʻnggi manzilga joʻnatishadi. Bu qancha tez sodir boʻlsa, Kiyev nazorati ostida boʻlgan hududlar aholisiga shuncha yaxshi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0