Lukashenko: Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash rekord darajada o‘smoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Belarus prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati bilan tabrikladi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yuksalib bormoqda, o‘zaro tovar ayirboshlash rekord darajada o‘smoqda. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik Belarus.
Belarus prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi munosabati bilan tabrikladi.
U o‘z tabrigida Minsk va Toshkent o‘rtasidagi muloqot “o‘zaro ishonch, hurmat, qo‘llab-quvvatlash va ittifoqchilik tamoyillari asosida jadal rivojlanayotganini” ta’kidladi.
“Ishonchim komil, Minsk va Toshkent o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlik yanada mustahkamlanib, Belarus va O‘zbekiston xalqlari farovonligi yo‘lida yangi keng ko‘lamli qo‘shma loyihalar bilan boyib boradi”, — deyilgan tabrikda.
Yangiliklar lentasi
0