O‘zbekistonda "Uyqu apnoe" maktablari tashkil etiladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishFleshmob "Vispis" v Yekaterinburge
Fleshmob Vispis v Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Maktab tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash ishlarini olib boradi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda "Uyqu apnoe" maktablari tashkil etiladi. Bu haqda 20-yanvar kuni prezident tomonidan imzolangan qarorda nazarda tutilgan.
"Uyqu apnoe" maktablari hududiy ftiziatriya va pulmonologiya markazlari negizida ish boshlaydi.
Maktab tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash ishlarini olib boradi.
Ma’lumot uchun, uyqu buzilishiga oddiy psixoemotsional zo‘riqish yoki jismoniy charchash sabab bo‘lishi mumkin. Lekin markaziy nerv sistemasining og‘ir kasalliklari ham uyqu buzilishiga olib keladi.
Apnoe qanday holat ? Bu uxlab yotgan odamda 10 soniya mobaynida nafas to‘xtashi bilan namoyon bo‘luvchi jarayon hisoblanadi.
Uyqu paytidagi apnoe sabablari:
Surunkali alkogolizm, giyohvandlik, gipotireoz;
Semizlik, nafas olish markazi faoliyatini susaytiruvchi dorilar, toksinlar, metabolitlar;
Burun bo‘shlig‘idagi to‘siqlar, surunkali rinit, etmoidit, tonzillit, faringit, laringit, bronxit.
Nafas olish ritmi buzilishidan tashqari, chuqur-chuqur shovqinli nafas olib uxlash, kuchli xurrak otish, uyqu paytidagi bezovtaliklar va tez-tez uyg‘onib ketish ro‘y beradi.
Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim kasalliklarga chalingan bemorlarda apnoe paytida ishemik insult ro‘y berishi yoki yurak ishemik kasalligi qo‘zg‘alishi mumkin. Ayniqsa spirtli ichimliklarni iste’mol qilib mast holatda uxlab qolganda ishemik insultlar kuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0