Ta’til tugamoqda: o‘quvchi va talabalar uchun dars mashg‘ulotlari qachondan boshlanadi?

© Sputnik / Ilya Averyanov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
Obuna bo‘lish
Bu hafta qishki ta’til tugaydi. Yangi haftadan o‘quvchi va talabalar uchun dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 23-yanvardan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishi ma’lum qilingan edi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarda o‘quv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etilgan.
Shu munosabat bilan Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ta’til muddati 22-yanvarga qadar uzaytirildi.
Yangiliklar lentasi
0