Medvedev: “amerikaliklardan bezor bo‘lganlarning” harbiy alyansi paydo bo‘ladi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ramshtayn uchrashuvi yuzasidan fikrlarini bildirdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. G‘arb Rossiyani holdan toydirish yoki yo‘q qilishga noma’lum uzoq muddat urinishga tayyor. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev shunday fikr bildirdi.
“Ramshtayndagi uchrashuv va Kiyevga og‘ir turdagi qurol-yarog‘ning ajratilishi shubha qoldirmaydiki, dushmanlarimiz noma’lum uzoq muddatga bizni holdan toydirishga, yaxshisi yo‘q qilishga urinishadi. Va ularning qurolli yetarli. Agar lozim bo‘lsa, yangisini ishlab chiqarishni boshlashadi”, - deya yozdi Medvedev Telegram-kanalida va xom xayolga berilmaslikka chaqirdi.
U bundan ikkita xulosa chiqarishni taklif qildi. Birinchidan, bu unchalik oson bo‘lmaydi. Ikkinchidan, uzoqqa cho‘ziladigan mojaro holatida biror payt amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlaridan bezor bo‘lgan mamlakatlardan iborat yangi harbiy alyans paydo bo‘ladi.
“Bu insoniyat tarixida uzoq urushlar chog‘ida hamisha ro‘y bergandi. O‘shanda Shtatlar qari kampir Yevropa va baxtiqaro ukrainlarning qoldiqlarini batamom tashlab ketishadi, dunyo esa yana tenglik holatida bo‘ladi. Agar, albatta, juda kech bo‘lmasa”, - deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi o‘rinbosari.
20 yanvar kuni Amerikaning Germaniyadagi Ramshtayn aviabazasida 50 taga yaqin mamlakatlar mudofaa vazirlarining galdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Kiyevga yordam ko‘rsatish muhokama qilindi. Uning yakunlari yuzasidan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius shuni ma’lum qildiki, uchrashuvda Ukrainaga Germaniyaning “Leopard 2” tanklarini berish borasida hozircha hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Avvalroq Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin arbning Kiyevga hujumkor qurol-yarog‘larni yetkazib berishi global halokatga va Rossiyaning yanada kuchli qurolni qo‘llab javob qaytarishiga olib kelishidan ogohlantirgandi.
Yangiliklar lentasi
0