Dunyoda

Gʻarb kompaniyalarining aksariyati Rossiyani tark etmagan - iqtisodchilar

© Sputnik / Vladimir SergeyevFlagi Rossii, YES i Frantsii na naberejnoy Nitstsы.
Flagi Rossii, YES i Frantsii na naberejnoy Nitstsы. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Yevropa Ittifoqi va G7 mamlakatlari firmalarining 9% dan kamrogʻi Rossiya bozorini tark etgan.
TOSHKENT, 23 yanv – Sputnik. Rossiya bozorida faoliyat yuritgan Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari korxonalarining toʻqqiz foizdan kamrogʻi Rossiya bozorini tark etgan. Bu haqida shveytsariyalik iqtisodchilar maʼlum qilishdi.
Sankt-Gallen universiteti professori Saymon Evenett va Lozannadagi Xalqaro menejmentni rivojlantirish instituti professori Nikkolo Pisani oʻtkazgan tadqiqotlarga natijasiga koʻra, koʻplab Gʻarb firmalari hukumatlar, ommaviy axborot vositalari va nodavlat tashkilotlar tomonidan Rossiyani tark etish talablarini bajarishdan bosh tortgan.
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin Rossiyada YEI va va G7 davlatlaridan 2405 ta kompaniya va ularning 1404 ta shoʻʼba korxonalari biznes yuritgan. Noyabr oyining oxiriga kelib, ushbu korxonalardan 9 % dan kami oʻz biznesini qisman boʻlsa-da sotgan.

Hisobotda aytilishiga koʻra, bugungi kunda Rossiyada faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar orasida eng koʻpi Germaniyaga tegishli - 19,5%, ikkinchi oʻrinda AQSH - 12,4 % va uchinchi oʻrinda Yaponiya - 7%.

Gʻarb sanktsiyalari

Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya
qilish boʻyicha maxsus operatsiyani eʼlon qilganidan soʻng AQSH boshchiligidagi Gʻarb davlatlari Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Cheklovchi choralar birinchi navbatda bank sektori va yuqori texnologiyali mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan. Koʻplab brendlar Rossiyadan chiqib ketishdi.

Kreml ushbu bu choralarni misli koʻrilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, doʻstona boʻlmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish eʼlon qilindi.

KengaytirishYigʻishtirish
Yangiliklar lentasi
0