Hafta oxirigacha sovuq harorat saqlanib turadi – O‘zgidromet

© SputnikTematicheskiy park attraksionov Magic city v Tashkente
Tematicheskiy park attraksionov Magic city v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Respublika yo‘llarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududlarida sovuq havo massasining ta’siri saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25-yanvarda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo harorati vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati -3...+2 daraja atrofida, ayrim joylarda -2 darajagacha bo‘ladi.
Kechalari havo harorati -8...-13 daraja, ba’zi joylarda -15...-17 darajagacha, kunduz kunlari -3...+2 daraja, ba’zi joylarda -5 daraja atrofida bo‘ladi.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Respublika yo‘llarida ayrim joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.
Yangiliklar lentasi
0