JSST: koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini tug‘dirmaydi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishShpris
Shpris - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2023
Obuna bo‘lish
Maksimal samaradorlikka erishish uchun to‘liq bosqichda va buster dozada emlanish zarur, deydi JSST vakili.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining immunizatsiya va vaksinatsiya masalalari bo‘yicha direktori Keyt O’Brayen ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, SOVID-19 profilaktikasida qo‘llanilayotgan vaksinalar xastalik og‘ir o‘tishi, gospitalizatsiya hamda o‘lim holatlarining oldini olishda ishonchli ta’sirga ega.

“Faqat maksimal samaradorlikka erishish uchun to‘liq bosqichda va buster dozada emlanish zarur”, - deydi u.

Ta’kidlanishicha, bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami, ya’ni: 60 yoshdan oshganlar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, immuniteti zaif bemorlar, homilador ayollar, tibbiyot xodimlari amal qilishlari kerak.
O‘z navbatida, JSST mas’uli ba’zi ommaviy axborot vositalarida buster doza keksa yoshli kishilarda insult xavfini keltirib chiqarishi to‘g‘risidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ta’kidladi.

“O‘rganishlarimiz davomida mazkur holatlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Qolaversa, tashkilotga bu borada hech qanday e’tiroz, shikoyat va shubhali holatlar bo‘yicha ma’lumotlar ham kelib tushmagan”, - deydi ekspert.

Shuningdek, Keyt O’Brayen koronavirusning yangi mutatsiyalari keng tarqalayotgan hozirgi sharoitda kuchaytiruvchi dozada emlanish pandemiyaning navbatdagi kuchli to‘lqinlariga qarshi mustahkam to‘siq bo‘lishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0