https://oz.sputniknews-uz.com/20230123/ulyanovskda-ozbekiston-savdo-uylari-ochilishi-mumkin-31640107.html
Ulyanovskda Oʻzbekiston savdo uylari ochilishi mumkin
Ulyanovskda Oʻzbekiston savdo uylari ochilishi mumkin
Bundan tashqari, Ulyanovsk-Toshkent xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi mumkin. 23.01.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-01-23T12:26+0500
2023-01-23T12:26+0500
2023-01-23T12:26+0500
oʻzbekiston - rossiya
rossiya
oʻzbekiston
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/08/26946782_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_66750ef5c0438ca7f7832c8c6f630c4f.jpg
TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev Rossiyaning Ulyanovsk viloyati hukumati raisining birinchi oʻrinbosari Marina Alekseyeva bilan uchrashdi.“Dunyo” AA xabariga koʻra, Alekseyeva Ulyanovskning sanoat-ishlab chiqarish salohiyatini taqdim etdi va viloyat vakillarida Oʻzbekiston bilan yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va turizm kabi sohalarda hamkorlik qilishga katta qiziqish borligini maʼlum qildi.Bosh konsul, oʻz navbatida, viloyat rahbariyatiga soʻnggi yillarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, sanoat va sarmoyaviy rivojlanishi boʻyicha erishilgan koʻrsatkichlar haqida soʻzlab berdi.Volgaboʻyi federal okrugining boshqa hududlari misolida Oʻzbekiston viloyatlari va Ulyanovsk viloyati oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.Xususan, Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mahsulotlarni sotish geografiyasini kengaytirish maqsadida Ulyanovsk viloyati korxonalarining “Chirchiq” sanoat parki bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.Shuningdek, uchrashuvda Ulyanovsk-Toshkent-Ulyanovsk xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.Krasnodar va Andijon oʻzaro savdo uylarini ochishi mumkin
rossiya
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e6/08/08/26946782_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_bb878e7a3b5f5767651a9549f7e1a6ad.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, oʻzbekiston
Ulyanovskda Oʻzbekiston savdo uylari ochilishi mumkin
Bundan tashqari, Ulyanovsk-Toshkent xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilishi mumkin.
TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev Rossiyaning Ulyanovsk viloyati hukumati raisining birinchi oʻrinbosari Marina Alekseyeva bilan uchrashdi.
“Dunyo” AA
xabariga koʻra, Alekseyeva Ulyanovskning sanoat-ishlab chiqarish salohiyatini taqdim etdi va viloyat vakillarida Oʻzbekiston bilan yengil sanoat, mashinasozlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va turizm kabi sohalarda hamkorlik qilishga katta qiziqish borligini maʼlum qildi.
Bosh konsul, oʻz navbatida, viloyat rahbariyatiga soʻnggi yillarda respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, sanoat va sarmoyaviy rivojlanishi boʻyicha erishilgan koʻrsatkichlar haqida soʻzlab berdi.
Volgaboʻyi federal okrugining boshqa hududlari misolida Oʻzbekiston viloyatlari va Ulyanovsk viloyati oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.
Xususan, Oʻzbekiston hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mahsulotlarni sotish geografiyasini kengaytirish maqsadida Ulyanovsk viloyati korxonalarining “Chirchiq” sanoat parki bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
“Oʻzbekiston toʻqimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish uchun savdo uylarini ochish toʻgʻrisidagi taklif viloyat vakillari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, uchrashuvda Ulyanovsk-Toshkent-Ulyanovsk xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi.