"Azimut" aviakompaniyasi Mineralnie Vodidan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii "Azimut"
Samolet aviakompanii Azimut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Mineralnie Vodi — Samarqand yo‘nalishidagi muntazam reyslar har dushanba kuni amalga oshiriladi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Mineralnie Vodi - Samarqand yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Mineralnie Vodidan uchgan samolyoti 23-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:26 da Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ngan.
Mineralnie Vodi — Samarqand — Mineralnie Vodi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar "Sukhoi Superjet 100" samolyotida haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Azimut” aviakompaniyasi Mineralnie Vodi shahridan Toshkent, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga muntazam reyslarni hamda Farg‘ona va Namanganga charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, aviatashuvchi Toshkent va Samarqandni muntazam qatnovlar orqali Moskva bilan bog‘laydi.
Yangiliklar lentasi
0