https://oz.sputniknews-uz.com/20230124/gazprom-va-ozbekiston-hamkorlik-boyicha-yol-xaritasini-imzoladi-31676476.html
Oʻzbekiston va “Gazprom” hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi imzoladi
Oʻzbekiston va “Gazprom” hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi imzoladi
“Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi.
2023-01-24T17:36+0500
2023-01-24T17:36+0500
2023-01-24T20:27+0500
oʻzbekiston - rossiya
gaz
hamkorlik
iqtisod
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e7/01/18/31677301_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e04250d008e940ecfdbc87cc700986f0.jpg
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi maʼlum qildi.Kuni kecha Oʻzbekiston bosh vaziri Energetika vazirligi joriy yilda, jumladan, tabiiy gaz importi bilan bogʻliq masalalarni qayta koʻrib chiqishi lozimligini taʼkidlagandi. Vazirlik boshqa muqobil hamkorlar bilan muzokaralar oʻtkazishi, kelishuvlarga erishish boʻyicha oldindan barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi shartligi qayd etilgandi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev oʻtgan yil noyabr oyi oxirida Kremlda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya gazini Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududi orqali tashish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish masalasini muhokama qilgan edi.“Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston gaz sohasida, jumladan, gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega”, - degandi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novak.Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov dekabr boshida OAVga yoʻllagan videomurojaatida Oʻzbekiston qoʻshni davlatlardan gaz va elektr energiyasini qandaydir ittifoq orqali emas, balki tijorat shartnomalari asosida import qilish niyatida ekanini aytgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu kelishuv ishtirokchilarining barchasi faqat oʻzlarining tijorat manfaatlari maqsadida harakat qilishini nazarda tutishini taʼkidlagandi.Mavzuga oid:
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e7/01/18/31677301_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1c0bd2e259f3a1d557beed6306022274.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
gazprom oʻzbekiston ga hamkorlik uzbekiston
gazprom oʻzbekiston ga hamkorlik uzbekiston
Oʻzbekiston va “Gazprom” hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi imzoladi
17:36 24.01.2023 (yangilandi: 20:27 24.01.2023) Aleksey Miller va Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov oʻrtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi. Bu haqda Rossiya kompaniyasi
maʼlum qildi. “Aleksey Miller va Oʻzbekiston respublikasi energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov oʻrtasida ishchi uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tomonlar oʻzaro hamkorlikning dolzarb va istiqbolli masalalarini koʻrib chiqdi. Uchrashuvda Aleksey Miller va Joʻrabek Mirzamaxmudov gaz sanoati sohasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi”, - deyiladi xabarda.
Kuni kecha Oʻzbekiston bosh vaziri Energetika vazirligi joriy yilda, jumladan, tabiiy gaz importi bilan bogʻliq masalalarni qayta koʻrib chiqishi lozimligini taʼkidlagandi. Vazirlik boshqa muqobil hamkorlar bilan muzokaralar oʻtkazishi, kelishuvlarga erishish boʻyicha oldindan barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishi shartligi qayd etilgandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev oʻtgan yil noyabr oyi oxirida Kremlda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Rossiya gazini Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududi orqali tashish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston ishtirokida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish masalasini muhokama qilgan edi.
“Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston gaz sohasida, jumladan, gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish uchun katta salohiyatga ega”, - degandi Rossiya bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Novak.
Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamaxmudov dekabr boshida OAVga yoʻllagan videomurojaatida Oʻzbekiston qoʻshni davlatlardan gaz va elektr energiyasini qandaydir ittifoq orqali emas, balki tijorat shartnomalari asosida import qilish niyatida ekanini aytgan edi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu kelishuv ishtirokchilarining barchasi faqat oʻzlarining tijorat manfaatlari maqsadida harakat qilishini nazarda tutishini taʼkidlagandi.
Mavzuga oid: