Germaniya o‘z yo‘lini tanladi - endi unga rahmimiz kelmaydi

© AP Photo / Martin MeissnerMujchina na velosipede proyezjayet mimo reklamnogo bannera vozle shtab-kvartiri krupneyshego nemeskogo proizvoditelya orujiya Rheinmetall AG v Dusseldorfe, Germaniya. Arxivnoe foto
Mujchina na velosipede proyezjayet mimo reklamnogo bannera vozle shtab-kvartiri krupneyshego nemeskogo proizvoditelya orujiya Rheinmetall AG v Dusseldorfe, Germaniya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Germaniya o‘z tanklarini Ukrainaga yetkazib berishdan bosh tordi. Aniqrog‘i, nemislar buni ulardan tinmay talab qilayotgan Vashingtonga "Leopard"larni "Abrahms" tanklari bilan bir vaqtda yetkazib berish shartini qo‘ydi. AQSh bunga hech qachon rozi bo‘lmasligini nemislar yaxshi biladi.
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Ukrainaga nemis tanklarini yetkazib berish bilan bog‘liq "triller" rivojlanishda davom etmoqda.
Ma’lumki, Germaniya kansleri kutilmaganda o‘zining qat’iy xarakterini ko‘rsatdi va Kiyevga nemis tanklarini yuborishdan bosh tortdi. Juma kuni Ramshtayn aviabazasida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti asosan ushbu mavzuga bag‘ishlangan edi. Undan so‘ng G‘arb ommaviy axborot vositalari Olaf Sholsni har tomonlama ko‘ndira boshladilar.
Undan keyingi voqealar yanada qiziqarli tus oldi.

Yakshanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok mobodo biror davlat Germaniyada ishlab chiqarilgan tanklarni Ukrainaga yetkazib berish uchun so‘rov yuborsa, Berlin bunga ijobiy javob berishga tayyorligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, Berbok "yashillar" partiyasi vakili va bu partiya Germaniyadagi eng o‘jar atlantikachi va AQShning eng sodiq vassallari hisoblanadi.

Berlinning tanklar bilan bog‘liq kelishmovchilikni yumshatishga urinishi - polyaklarning shafqatsiz va haqoratli javobiga sabab bo‘ldi - va ochig‘ini aytganda, bu mutlaqo tabiiy va adolatli ko‘rinadi.
Ikki stulda o‘tirish vaqti nihoyat tugadi va siqib chiqarilgan tish pastasini qaytib tubikka solishning iloji yo‘q bo‘lgani kabi, Germaniya hozir ochiqchasiga achinarli holatga tushdi. Buni butun dunyo uchun juda ibratli saboq deyish mumkin - o‘nlab yillar davomida o‘sib o‘z salohiyatini oshirib kelgan davlat bir yil ichida katta yo‘qotishlarga duch keldi.

Buning yanada hayratlanarli tomoni shundaki, nemis elitasi (har holda ularning mamlakat milliy manfaatlarini o‘ylaydigan qismi) shu vaqtgacha strategik idrok va puxta o‘ylangan siyosat yuritib, Germaniyani Yevropaning iqtisodiy va geosiyosiy yetakchisiga aylantirdi. Qolaversa, shtatlar bilan mohirona muzokaralar olib borib, Vashingtonga Eski Dunyoni himoya qilish uchun harbiy xarajatlar yukini yuklashdi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: qanday qilib bunday ulkan geosiyosiy kapitalni bunchalik tez va isrof qilish mumkin?
Shubhasiz, javobning bir qismini Germaniyaning qandaydir ma’noda "bosib olingan" maqomida topish mumkin. Vashington nemis hukmron elitasining bir qismini tarbiyalash va nazorat ostida ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi, va endi ular Oq uy hukmini Germaniyadagi dirijorlari sifatida harakat qilishmoqada. Bu ba’zi siyosiy partiyalar, asosiy ommaviy axborot vositalari va biznes elitalarining bir qismidir. Amerikaliklar, aftidan, nemis milliy ruhini sezilarli darajada bostirishga muvaffaq bo‘lganga o‘xshaydi. Berlin har bir bosgan qadamini xorijdagi xo‘jayiniga qarab-qarab juda ehtiyotkor qo‘ymoqda.

Rossiyaga munosabati ochiq ko‘rindi

Biroq Germaniya uchun eng halokatlisi bu emas, balki uning elitasining yaqqol ko‘rinib qolgan chuqur rusofobiyasi. Biz bo‘lsak ularni do‘st bo‘lmasa ham Rossiya bilan hamkorlik qilish foydasini tushunadigan deb hisoblar edik. Aftidan, ular bizning Ikkinchi jahon urushida erishgan g‘alabamizni ham, Berlinni qo‘lga kiritishimizni ham teng huquqli hamkor bo‘lishga intilishimizni ham kechirmaganga o‘xshaydi.

Oxir oqibat, GFR bugun kelib qolgan geosiyosiy va iqtisodiy boshi berk ko‘chaga kirish bundan bir yil oldin boshlangan edi. O‘shanda uning barcha elitasi, ham proatlantik ham millatchi partiyalari jon-jahdi bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishni boshlagan edi. Hatto Rossiya xom ashyosida ishlayotgan sanoat korxonalari ham o‘z xohishi bilan o‘zlari o‘tirgan shoxni arralab tashlashdi. Gerxard Shroder kabi ayrim siyosatchilar bundan mustasno.

Hozir biz Berlinning 2014-yildan beri amal qilib kelayotgan muvozanatli va oqilona siyosati qaytganiga guvoh bo‘lmoqdamiz: atlantikachilarni biroz popugini pasaytirib qo‘yishdi, hokimiyat tashqi siyosatda o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynashga va birinchi navbatda mamlakat manfaatlarini ko‘zlab ishlamoqda.
Muammo shundaki, endi juda kech.
Ba’zan siz nemislar hali amerikaliklardan ustun kelib, polyaklarni o‘z o‘rniga o‘tqazib qo‘yishini va butun Yevropani o‘z ta’sirni ostiga olishi va umuman to‘liq suverenitetni tiklashi haqidagi fikrlarni eshitish mumkin. Ularning ta’kidlashicha, o‘tgan yil ko‘zga ko‘rinmas tebranish bo‘ldi, bundan Berlin deyarli o‘ziga keldi - va endi hamma narsa avvalgidek bo‘ladi.

Ammo Germaniya o‘zining rivojlanishiga ham, ambitsiyalariga ham turtki bo‘lgan eng muhim manbadan — Rossiya bilan hamkorlikdan mahrum bo‘ldi. Qaysidir ma’noda, "Shimoliy oqimlarni" portlatish kabi unga "yordam berildi", lekin aksariyat ishni u o‘zi qildi va har doimgidek "nemischa" sifat bilan.

Endi bo‘lsa tamom. Ular o‘z buyuk kuchi va milliy manfaatlaringizni xohlaganingizcha himoya qilish istagingizni namoyish etishi mumkin, lekin jahon tarixining ushbu muhim davrida Germaniya geosiyosiy jihatdan hamma oyoqlarini artadigan pol lattaga aylanib qoldi. Bugungi Germaniya iqtisodiy jihatdan Amerika manfaatlari yo‘lida qurbonlikka mahkum. Har holda Vashington vassallari orasida u "eng semiz buqa" edi. Berlinda bunday ssenariyga qarshi turish uchun resurslar, Rossiya resurslari yo‘q.
Shunday qilib, "Leopard" tanklari atrofidagi shovqin-suron faqat nemislarning qanchalik tez sindirilishiga bog‘liq.
Yangiliklar lentasi
0