Harakatlarimizni birlashtirish muhim – Saidov

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovSMID OES v Tashkente
SMID OES v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi murakkab sharoitda birgalikdagi sa’y-harakatlar alohida ahamiyatga ega.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi. U o‘z nutqida tashkilotning hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha katta salohiyatini ta’kidladi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

“Tashkilotimiz savdo, transport infratuzilmasi, sanoat kooperatsiyasi, turizmni rivojlantirish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun zarur salohiyatga ega”, - deydi Baxtiyor Saidov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi murakkab sharoitda birgalikdagi sa’y-harakatlar alohida ahamiyatga ega va bu galgi uchrashuvda barcha davlatlarning ishtirok etishi davlatlarning bunday hamkorlikdan manfaatdor ekanligini ko‘rsatadi.

“Global keskinlik va resurslar, investitsiyalar, texnologiyalar va tashqi bozorlarga chiqish uchun kuchayib borayotgan raqobat sharoitida sa’y-harakatlarimizni birlashtirish ayniqsa muhimdir. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo barcha davlatlarning yuqori darajadagi vakillik darajasi ushbu sohaga e’tibor kuchayib borayotganidan, tashkilotimiz doirasida yaqin hamkorlik va uning salohiyati ortib borayotganidan dalolat beradi”, - dedi diplomat.

IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0