Dunyoda

"Kreml sehrgari": Putin haqidagi roman Gʻarbni xavotirga soldi

© POOL / Mediabankka oʻtishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Putin haqida Frantsiyada chop etilgan va tez ommalashib borayotgan ijobiy mazmunli roman Amerika OAVini tashvishga soldi.
TOSHKENT, 24 yanv - Sputnik. Italiyalik muallif Juliano da Empolining "Kreml sehrgari" romani oʻtgan yilda Frantsiyada 430 mingdan ortiq nusxada sotildi va eng yaxshi kitoblar beshligida ikkinchi oʻrinni egalladi.
Romanning bunday ommaviylashuvi darhol AQSH OAVini xavotirga soldi. "New York Times"ning Parijdagi sharhlovchisi Konstan Meyo yozishiga koʻra, bu kitobni oʻqiganidan soʻng frantsiyaliklarning Putinga va Ukraina mojarosiga munosabati oʻzgarishi mumkin.

"Le Mage Du Kremlin" romani muallifi Juliano da Empoli aytishiga koʻra, bu uning birinchi kitobi va u fantastika janrida, lekin u imkon qadar haqiqatga yaqin boʻlishga harakat qilgan.

Romanda sodir boʻlayotgan barcha voqealar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi nomidan aytib beriladi. Unda Putin hukumat boshiga kelgan kunidan boshlab hozirgi kunga qadar olib borayotgan tashqi va ichki siyosatining mazmuni, oʻtgan davr mobaynida boʻlib oʻtgan ayrim voqealar talqini keltirilgan.
Xususan, muallif, 2000 yilda hukumat boshiga kelgan Putin oʻz oldiga qanday maqsadlar qoʻyganini: Rossiyani ichki dushmanlar va korruptsiya dan tozalash hamda uni yanchib tashlashni maqsad qilgan AQSH va Gʻarb bilan qaram-qarshilikka qarshi kurashish uchun qayta oyoqqa turishi kabi siyosiy maqsadlarining sabab va asoslari tushuntirib berilgan.
© Éditions Gallimard"Kreml sehrgari" romani muqovasi
Oblojka romana frantsuzskogo pisatelya i jurnalista Djuliano da Empoli Kremlevskiy volshebnik  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2023
"Kreml sehrgari" romani muqovasi
2022 yilning bahorida chop etilgan roman Rossiya maxsus operatsiya boshlanganidan keyin juda ommaviylashdi. Ayniqsa siyosat bilan shugʻullanayotgan va Rossiyani yaxshiroq tushunishni istagan frantsuzlar orasida. Hayratlanarlisi, Frantsiyada romanlar hali ham jamoat fikrini oʻzgartirishga qodir ekan.

Frantsiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Hubert Verdin roman “aql bovar qilmaydigan darajada ishonarli” boʻlgani va uni hamma oʻqishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, agar Makron ushbu kitobni oʻqiganida, Rossiyaga nisbatan bunday agressiv pozitsiyani egallamagan boʻlardi, deb taʼkidladi.

Roman Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin nashr etilgan va mashhur “Putinni tushunish boʻyicha qoʻllanma”ga aylangan. Kuzatuvchi taʼkidlaganidek, kitob nashr etilgandan soʻng da Empoli televideniyega Ukraina mojarosi boʻyicha ekspert sifatida taklif qilina boshladi.
Frantsiya bosh vaziri Elizabet Born romanni yuqori baholab, u “hozirgi xalqaro vaziyat va Ukrainadagi mojaroning aks-sadosidek aks ettirilganini” aytdi.
Yangiliklar lentasi
0